Kaka: "Alisson - dunyoning eng yaxshi darvozaboni, Firmino va Suares esa eng zo'r hujumchilar"
09 fev 2020 18:15
Yangiliklar


Kaka: "Alisson - dunyoning eng yaxshi darvozaboni, Firmino va Suares esa eng zo'r hujumchilar"
Braziliya termasining sobiq yarim himoyachisi Kaka o'z poziciyalarida eng yaxshi futbolchilar haqida gapirdi.
"Alisson - ayni damda dunyoning eng yaxshi darvozaboni. Fabino esa dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri. Firmino hamda Luis Suares - dunyoning eng yaxshi hujumchilaridir. Firmino doimo o'z poziciyasini yaxshi biladi va kerakli joyda paydo bo'ladi. U doimo raqib jarima maydonchasi ichida turib olmaydi va o'ziga o'zi vaziyat yaratadi.
Braziliyalik sifatida ularning APLda bunday katta muvaffaqiyatlarga erishganini ko'rish anchagina quvonarli. "Liverpul"ning bunday ko'rinishi ham yoqimli.
"Liverpul" ajoyib holatda ekanligini Yurgen Kloppning transferlari tufayli desa bo'ladi. Klopp - haqiqiy zahmatkash murabbiy. U yangiliklar qilishdan qo'rqmaydi", - dedi Kaka.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar