K-P. Boateng: “Ukamga qarshi maydonga tushish bu baxt, lekin bu safar Gana g'olib bo'ladi”
21 iyu 2014 16:54
Yangiliklar
K-P. Boateng: “Ukamga qarshi maydonga tushish bu baxt, lekin bu safar Gana g'olib bo'ladi”
Gana terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng Germaniya bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, germaniyaliklar tarkibida Boatengning ukasi – Jerom Boateng bor. Bu jamoalar 2010 yil mundialida to'qnash kelishgan va nemislar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan.
“Ukamga qarshi jahon chempionatida to'p tepish men uchun baxt. Ammo bu safar Gana terma jamoasi g'olib bo'ladi. Biz yana afrikaliklarning umidi bo'lishni xohlaymiz. Turnirda uzoqroqqa borish uchun, qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Jamoamiz bilan yana hammani hayron qoldirmoqchimiz” – deydi Boateng.
Gana birinchi turda AQSH terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Germaniya va Gana o'rtasidagi uchrashuv 21 iyundan 22 iyunga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar