K liga. Aliboev 64 daqiqa harakat qilgan bahsda "Kanvon" durang o'ynadi
07 iyu 2023 21:17
Yangiliklar


K liga. Aliboev 64 daqiqa harakat qilgan bahsda "Kanvon" durang o'ynadi
Uchrashuvning 90 daqiqasida hisob ochilmadi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa muxlislar ikkita gol guvohiga aylanishdi. Dastlab Timo Lechert 90+2 daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 90+8 daqiqada Xan Gug Yon muvozanatni tikladi. O'yinda boshqa hisob o'zgarmadi.
Mezbonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboev 27-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi va uchrashuv so'ngiga qadar harakat qildi.
Mazkur bahsdan so'ng "Kanvon" 14 ochko to'plagan holda xavfli zonada — 11-o'rinda bormoqda.
Gangwon FC Kook-Young Han - 90' |
K-League 1 . 21-tur 07/07/2023, 16:30 1
:
1
Tugadi
|
Gwangju FC Timo Letschert - 90' |
Stadion: Chuncheon Songam Leports Town, 7006 tomoshabin
O’xshash yangiliklar

Fikrlar