So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Juda muhim va kerakli g'alabani tantana qildik" - SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Juda muhim va kerakli g'alabani tantana qildik" - SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani

"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze OCHL doirasidagi "Paxtakor" - "Persepolis" (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida ishtirok etdi va o'z fikrlarini bildirdi.

SHota Arveladze: - Kutilganidek juda qiyin o'yin bo'ldi. Kecha o'yindan avvalgi matbuot anjumanida ham buni takidlagandim. "Persepolis" raqibga o'yin bermaydi va juda yaxshi pressingni amalga oshiradi. SHuningdek, qarshi hujumda xavfli o'ynaydi. Birinchi bo'limda o'yin o'zgarib turdi. Bazan biz ularga o'ynash imkoniyatini taqdim etgan bo'lsakda, bazan ular bizga bunday imkoniyat berishdi. Lekin ikkinchi taymda ancha yaxshi o'ynadik. Tanaffusdan keyin o'yin tizginini qo'lga oldik  va haqli ravishda g'alabaga erishdik.  Ko'plab vaziyatlar yaratdik, raqibga nisbatan faol bo'ldik. Ayniqsa ikkinchi bo'limda jamoamiz g'alabaga ko'proq loyiqligini isbotladi. Juda muhim va qiyin g'alabani tantana qildik. Bu bilan barcha o'zbek futboli muxlislari, Ramazon oyining ilk kunidayoq bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan ishqibozlar, ekran qarshisida bizga omad tilagan muxlislar, klub xodimlari, rahbariyat hamda futbolchilarni tabriklayman.

Igor Sergeev uzoq kutilgan golni urdi, degan fikrga qo'shilmayman. CHunki Sergeev "Lokomotiv" bilan bo'lgan bahsda ham jamoamiz uchun muhim golni kiritgandi. Zaxiradan uni maydonga tushirguncha hech qanday sehrli so'zlarni ishlatganim yo'q. Maydonga tushishidan avval unga o'zingni vaziyatingni kut va undan foydalan deb o'qtirdim. Jamoamiz uchun navbatdagi muhim golni urganidan xursandmiz. 

Birinchi bo'limda malum muddat tashabbusni raqibga topshirish avvaldan o'ylangan rejaga kiritilmagandi. O'yin shunday ro'sinda davom etdi. SHunchaki biz raqibga shturm qilishni biroz kechiktirib qo'ydik. Lekin muhimi buni uddaladik. Aynan shunday o'yin muxlislarga ham yoqadi.

Javohir Sidiqovni jarohati albatta kutilmaganda ruy berdi. Xudoga shukur jamoamizda bir-birini o'rnini to'ldiradigan futbolchilar mavjud. Sobit uchun bugun OCHLdagi debyut bahs bo'ldi. O'yinga yaxshi qo'shildi. Yaqindagina, o'tgan haftada "Paxtakor" safida chempionatda debyutini nishonlagandi. Bugun esa OCHLda maydonga tushdi. SHunday o'yinlar orqali Sindarov kerakli tajribani to'playdi.

Raqib jamoa bosh murabbiyi Branko Ivankovichning hakamlar bizning eng yaxshi o'yinchimizga aylandi degan gapini muhokama qilishni istamayman. Bu yaxshi emas. Lekin aynan men bugungi hakamlikdan umuman noroziman. Hakamlik borasida aynan hamkasbim aytgan gaplarni takrorlashim mumkin. O'yindan keyin hissiyotlar jo'nbushga keladi. SHu boisdan ham raqib murabbiyining gapini izohsiz qoldiraman. Nafaqat men, balki muxlislar ham bugungi hakamning ishidan norozi bo'lishsa kerak.

Tarkibimiz haqida gapiradigan bo'lsam, Sadriddin Abdullaev bugun jarrohlik amaliyotidan keyingi reabilitaciyadan qaytdi. O'ylashimcha, unga hali malum muddat kerak bo'ladi. Katta ehtimol birinchi davradan so'ng safga qaytadi. Sidiqov borasida aniq bir narsa deya olmayman. Umid qilamanki, uning jarohati jiddiy bo'lmaydi. Hammasi tibbiy ko'rikdan so'ng malum bo'ladi. Jamoamiz uchun har bir futbolchi juda qimmatli. Men futbolchilardan juda katta minnatdorman. Futbolchilar uzluksiz, dam olishsiz mavsumni o'tkazishmoqda. Ular uchun joriy mavsum eng qiyini bo'lmoqda. CHunki mavsum yakunlangach futbolchilar Osiyo Kubogiga taraddud ko'rishdi va musobaqadan keyin tezda jamoamiz bilan OCHL o'yinlarini boshlashdi. Etibor bering, hali endigina mavsum boshlandi va biz hozirgacha 14 o'yin o'tkazdik. Agarda mavsum davomida chempionatda standart 30 o'yin o'tkazilsa, bu deyarli yarim mavsum o'tib bo'lganini anglatadi. Mavsum yaqindagina boshlangandi va biz 14 o'yinga maydonga tushishga ulgurdik. Hali kubok o'yinlari yoki liga kubogi boshlangani yo'q. Futbolchilarga katta rahmat aytaman. Ular juda tez tiklanib borishmoqda. Yoshlar ham o'zlarini ko'rsatishlari kerak va zaxirada o'tirishga ham munosib ekanliklarini isbotlashlari kerak bo'ladi. Umid qilamanki, Yaxshiboev ham tez orada safga qaytadi. Hamma futbolchi biz uchun qadrli va ularning barchasi bizga kerak.


Matbuot anjumanida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Jaloliddin Masharipov: - Biz doim OCHLda boshqacha ishtiyoq bilan tushamiz. O'yinga bo'lgan munosabat ham ancha o'zgaradi. Futbolchilarga OCHLda o'ynash chempionatda ishtirok etishdan ko'ra osonroq bo'lib qolgan. CHunki bu musobaqada biz to'liq konsentraciya va jiddiy yondoshuv bilan maydonga tushamiz. Birinchi taym hujumlarimiz yaxshi o'xshamadi. Bunga ob-havo va kam kelgan muxlislar sababchi bo'ldi. Qachonki bizni qo'llab-quvvatlash uchun minglab ishqibozlar kelishsa, shunda jamoamiz o'yini ham ancha engillashadi. Muxlislar bizni maydonda ilhomlantirib turadi. Ularning qo'magi bizga ruhan qo'shimcha kuch va ishtiyoq beradi. "Paxtakor" istalgan payt o'zini ko'rsata oladigan jamoa. Buni jamoamizni avvaldan biladigan zukko muxlislar bilishadi. Saudiya Arabistonidagi o'yin biz uchun finalga teng bo'ladi. Jamoa oldiga guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan va biz kerakli ochkoni qo'lga kiritish uchun safarga boramiz. To'g'ri, Saudiyada ob-havo issiq bo'ladi. SHunga moslab tayyorgarlik ko'rish kerak bo'ladi. To'pni asosan o'zimizda saqlagan holda issiqni ham engishga harakat qilamiz.

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика