"Jubilo Ivata" mag'lub bo'ldi, Fozil Musaevda 90 daqiqa
18 mar 2017 15:01
Yangiliklar
"Jubilo Ivata" mag'lub bo'ldi, Fozil Musaevda 90 daqiqa
Yaponiyada J-liganing 4-tur bellashuvlari davom ettirilmoqda.
Bugun hamyurtimiz Fozil Musaev to'p tepayotgan "Jubilo Ivata" mehmonda "Vissel Kobe"ga 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Musaev maydonda 90 daqiqa harakat qildi. "Jubilo Ivata" ayni paytda 4ta o'yindan 4 ochko to'plab jadvalida 11-pog'onada bormoqda.
Yaponiya, J-liga
4-tur, 18.03.2017
"Vissel Kobe" - "Jubilo Ivata" 1:0
Gol: Kotaro Omori 46
Yaponiya chempionati turnir jadvali >>> J-liga
Fikrlar