So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  46 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  3 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  3 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  6 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  11 18:37"Бухоро" мураббийи регламентни бузди, "Динамо" VAR машинаси турган жойда хавфсизликни таъминлай олмади, "Навбаҳор" ўйин давомида тўпларни яшириб қўйди — Лига комиссарлари билдиргиси  11 18:10Сиқилма меҳмондир танангда бу жон ҳам... Ўзбекистон кубогида нималар бўлмоқда?   10 17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  19 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   2 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  1 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  7

Joziba kerakmi, Pro ligaga boring! Yangiliklar

Joziba kerakmi, Pro ligaga boring!

Xabaringiz bor, 8 iyun kuni mamlakatimiz chempionati 2-divizionining 10-tur bahslariga o'z taxminlarimizni bildirgandik.

"Navbatchi o'yinlar". "Neftchi" Toshkentda ochko yo'qotadi, "Oqtepa" G'ijduvonda...

O'sha materialning yozilishiga muxlislarning o'zbek futbolida navbatchi o'yinlar ko'pligi haqida fikrlari sabab bo'lgandi. Bugun tur natijalaini taxmin qilib, maqoladagi taxminlar o'zini qanchalik oqlaganini tekshiramiz.

"Buxoro"dan yirik g'alaba... → X

Tur doirasidagi 1-o'yinda sensaciya qayd etildi. Safarda umuman ochko ololmagan "Oqtepa" chempionlik uchun kurashayotgan "Buxoro" maydonida katta hisobda mag'lub bo'lishini kutgandik. G'ijduvondagi o'yin haqida ko'p gapirildi, yakuniy natijadan xabardorsiz.

Buxoro

Azamat Isroilov - 85', Rustam Abduxamidov - 87', Suhrob Ne’matov - 90'

PRO liga. 10-tur

06/06/2021, 18:00

-
:
-
Boshlanmadi

Oq-tepa

Sunnatulla Mamadaliyev - 31', Aziz Pirmuhammadov - 60', Karvalo Da Silva - 81'

Abduraimovning mag'lubiyatsiz yurishi tugaydi → +

Bu taxmin o'zini oqladi. Hakim Fuzaylov boshchiligidagi "Dinamo" Sirdaryoda 3 ochko ishlab oldi va 2-o'ringa ko'tarildi.

Yangiyer

Mpako Etame Jerom - 4'

PRO liga. 10-tur

07/06/2021, 18:00

2
:
1
Tugadi

Dinamo

Dmitro Sidorenko - 63', Siroj Meliyev - 85'

45'
90'
4'  Mpako Etame Jerom
33'  Oybek Ahmatov
45'  Abdumalik Toshpo’latov
46'  Oybek Ahmatov (Mbeke Dieudonee)
56'  Abdumalik Toshpo’latov (Sanjar Baratov)
72'  Jonibek Mirzaqulov (SHoxzamon Xayrullaev)
72'  YOdgor Nazarov (Ahrorzhon Inoyatov)
75'  SHoxzamon Xayrullaev
87'  Mpako Etame Jerom (Xurshid Asqaraliev)
89'  Mbeke Dieudonee
46'  Jasur Hasanov (Temur Hakimov)
63'  Dmitro Sidorenko
66'  Temur Usmonov (Islom Sharipov)
70'  Oleg Marchuk
83'  Oleg Marchuk (Siroj Meliyev)
85'  Siroj Meliyev

"Aral Samali" safardagi ilk g'alabasini tantana qiladi → +

"SHo'rtan" maydonida o'tgan o'yin borasidagi taxmin ham o'zini oqladi. Nukus klubi safar o'yinlaridagi 1-g'alabasini qo'lga kiritib, ochkolari sonini 9 taga etkazib oldi.

Sho'rtan

PRO liga. 10-tur

08/06/2021, 18:00

1
:
0
Tugadi

Aral Samali

Navro’zbek Alimov - 77'

45'
90'
62'  Azizbek Rashidov (Asadbek Samariddinov)
67'  CHoriyor Tursunqulov (Ruslan YUlmuxametov)
64'  Azamat Allaniyozov (Jamshid To'raboev)
64'  Yerbol Seytnazarov (Jamshid To'raboev)
73'  Arislan YUsupbayev (Amir Abdiraziyev)
77'  Navro’zbek Alimov
90'  Ulug'bek Bekbosinov
90'  Islom Seytnazarov
90'  Ruslanbek Menlimuratov (Asadbek Yuldashev)

"Neftchi" markaziy bahsda ochko yo'qotadi... → +

Mana shu fikr farg'onalik ko'plab muxlislarning noroziligini keltirib chiqardi va manzilimiz haqoratli xatlarga to'lib. Mana, o'yin o'tdi. Natija esa o'rtada...

Olimpik

Abdurauf Bo'riev - 47', Muhammadali G'iyosov - 61', Alisher Odilov - 65'

PRO liga. 10-tur

08/06/2021, 18:00

0
:
3
Tugadi

Neftchi

45'
90'
47'  Abdurauf Bo'riev
51'  Muhammadali G'iyosov
58'  SHahzod Toirov (Eldor Begimov)
61'  Muhammadali G'iyosov
65'  Alisher Odilov
69'  Muhammadali G'iyosov (Farrux Muxtorov)
69'  Alisher Odilov (Ruslanbek Jiyanov)
69'  Bektemir Abdumannonov (Otabek Jo'raqo'ziev)
82'  Abdurauf Bo'riev (Diyor Ramazonov)
45'  Sobit Sindarov
46'  Ruslan Roziev (Sardor Abdunabiev)
46'  Darko Stanoyevich (Xudoyshukur Sattorov)
49'  Marko Obradovich
66'  Abdullo Olimov (Izzat Abdullaev)
66'  Marko Obradovich (Sherzod Karimov)
67'  Saidullo Rahmatov (Umar Adhamzoda)

Qo'shimcha: Jurnalistikada taxminlar, prognozlar aniq tahlilga asoslanadi (oldingi materialda bo'lgani kabi). Qushlarning uchishi yoki rasmlarga emas. Buni tushunmaydigan oramizdagi bazi aqlli yurtdoshlarimizdan ozgina sabrli bo'lishni so'raymiz.

Yuqorida tur sensaciya bilan boshlangani haqida aytdik. Futbolning jozibasi mana shunday kutilmagan natijalarga bog'liq. Pro ligani zerikarli, navbatchi o'yinlarga boy degan yurtdoshlarimizga turnirning har turida sensaciya(lar) sodir bo'layotganini eslatib o'tamiz. 

Masalan, bugun "Jar" stadionida o'tkazilgan o'yinni olaylik. Superliga darajasidagi tajribali o'yinchilardan tuzilgan "Neftchi"ning 19 yoshli yigitchalardan tuzilgan "Olimpik"ga engilishini kim kutgandi (albatta, mendan tashqari)? Ha, bu — sensaciya. Bugun "Neftchi" yutqazdi, ammo futbol va muxlislar yutdi. Boisi shundaki, agar Farg'ona klubi 3 ochko olsa, "Neftchi" va 4-o'rindagi "Olimpik" orasida 8 ochkolik tafovvut yuzaga kelardi. Bu o'z-o'zidan intrigani o'ldiradi. Turnir jadvali hozir quyidagi holatda (ko'rib, ko'zing quvonadi):

Qarang, 10-turdan keyin 1 va 4-pog'ona o'rtasida 2 ochkolik farq. Bunaqasi oxirgi yillarda Superligada ham sodir bo'lmayotgan edi. Xullas, elita yo'llanmasi uchun kurash taqdiri so'nggi turga qadar davom etadigandek. Endi ayting, joziba shumasmi?

Muallif :
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика