Joze Mourinyu Son va Lorisning janjali haqida: “Bu ajoyib”
07 iyu 2020 09:52
Yangiliklar
Joze Mourinyu Son va Lorisning janjali haqida: “Bu ajoyib”
“Everton”ga qarshi bahsda yuz bergan Son Xyon Min va Ugo Loris o'rtasidagi voqeaga “Tottenxem” ustozi izoh berdi.
“Bu juda ajoyib. O'zar suhbatlarimiz natijasi. Men avvalroq jamoamdagilarning bir-birga tanqidiy ruhda yondashmayotganligi haqida gapirgandim. Ulardan bir-biriga nisbatan talabchan bo'lishni so'radim. Jamoa rivojlanmoqda. Katta o'sishga erishish uchun esa bizga kuchli shaxslar kerak. Futbolchilarimning ishga shunday yondashayotgani menga yoqmoqda”, — deydi Joze Mourinyu.
Eslatib o'tamiz, birinchi bo'lim so'ngida Ugo Loris hamda Son Xyon Min tortishib qoldi. Ularni jamoadoshlari ajratib qo'ydi. Ikkinchi bo'limda esa ular o'yinni hech narsa bo'lmagandek davom ettirdi.
Fikrlar