Joze Mourinyu: "MYU uchrashuvni nazorat qildi, ammo durrang – adolatli natija"
02 dek 2018 04:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/465338_original.jpg)
![](/upload/storage/465338_220.jpg)
Joze Mourinyu: "MYU uchrashuvni nazorat qildi, ammo durrang – adolatli natija"
"O'ylashimcha, uchrashuvda biz ko'proq ustunlikka erishdik, ammo durrang - adolatli natija. Raqib o'yinni bizga nisbatan yaxshiroq boshladi. Bitta markaziy himoyachi bilan o'yinni boshlaganimiz uchun himoyada turib o'yin tashkil etishda muammolar paydo bo'ldi. Bu kamchilikni uchta markaziy himoyachi orqali yopishga harakat qildik. Lekin, kutilgan samara bermadi. Matich va Maktominay o'z poziciyalarida o'ynashmadi. Fil Jons ularga etakchilik qilishi kerak edi. Fikrimcha, Jons rostdan ham yaxshi o'yin namoyish etdi".
"Arsenalga qarshi kimlar maydonga tushadi? Ochig'i, bir narsa ayta olmayman. Sanches va Lindelyofda jiddiy jarohat bor. Eshli Yang diskvalifikaciya qilingan. Smolling va Bayining mashg'ulotlarga qaytishi syurpriz bo'lmasa kerak", - deya fikr bildirdi Mourinyu.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar