Joze Mourino: "De Bryuyne "CHelsi"dan ketmaganida, bu darajaga chiqa olmas edi"
17 avg 2015 17:45
Yangiliklar
Joze Mourino: "De Bryuyne "CHelsi"dan ketmaganida, bu darajaga chiqa olmas edi"
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinoning takidlashicha, London klubi Kevin De Bryuyneni shunchaki "Volfsburg"ga berib yuborgani yo'q.
"Futbolchi har kuni ketish haqida gapirsa, uning qarorini hisobga olish kerak. O'sha paytda "CHelsi"da hammasi yaxshi edi. Agar de Bryuyne klubda xafa bo'lib qolganida va uni kelasi yil sotganida, undan ikki baravar kam mablag' ishlab olar edik. Agar Kevin "Volfsburg"ga o'tmay, "CHelsi"da qolganida bu darajaga erishmas edi. U raqobatga tayyor emas edi" - deydi Mourino.
Fikrlar