Jovanni Simeone: "Atletiko"da o'ynashni orzu qilaman" Yangiliklar

Jovanni Simeone: "Atletiko"da o'ynashni orzu qilaman"

"Kalyari" hujumchisi Jovanni Simeone "Atletiko"da o'ynash xohishi haqida gapirdi.

Madrid klubini uning otasi - Diego Simeone boshqarmoqda.


- "Atletiko"da o'ynashni xohlarmiding?

- Dunyodagi hamma narsadan ham ko'proq shu narsani xohlayman. Men yoshligimdanoq o'sha erda bo'lishni xohlaganman. Men qachondir u erga borishni xohlayman.

Otam bu jamoani boshqaradi, ammo u "Atletiko"da bo'lmagan taqdirda ham, men baribir u erda to'p tepishni xohlayman. Men u erga o'tishni yoshligimdanoq orzu qilaman. SHuni xohlayman.

Hali ham otam qachondir menga murabbiylik qilishini orzu qilaman, garchi u shug'ullantiradigan jamoaga o'tish qiyin bo'lsa ham, - deydi Jovanni.


Eslatib o'tamiz, Diego Simeone bundan 2 yil oldin hech qaysi o'g'li uning jamoasida o'ynamasligini aytgandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика