Yosip Ilichich Sloveniya terma jamoasida o'ynashdan bosh tortdi
09 noy 2014 16:59
Yangiliklar
Yosip Ilichich Sloveniya terma jamoasida o'ynashdan bosh tortdi
"Fiorentina" yarim himoyachisi Yosip Ilichich bosh murabbiy Srechko Katanec bilan janjal tufayli Sloveniya terma jamoasida o'ynashdan bosh tortdi.
"Men futbolchini terma jamoa ro'yxatiga kiritdim, biroq Yosip buni inkor qildi. U mening qo'ng'iroqlarimga javob bermadi, bu bilan men bu erda murabbiy ekanman termaga qaytmasligini ko'rsatdi. Bundan xafaman, lekin qarorni hurmat qilaman. Har kim o'z harakatlariga javob berishi kerak", - deydi Katanec.
Fikrlar