Jorjina: "Santush Ronalduni zaxirada qoldirib xato qildi"
11 dek 2022 00:40
Yangiliklar


Jorjina: "Santush Ronalduni zaxirada qoldirib xato qildi"
Jorjina Rodriges Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Marokashga qarshi bahsda zaxirada qolganidan xafa bo'ldi.
Portugaliya JCH-2022 1/4 final bosqichida Marokashga (0:1) mag'lub bo'ldi. Ronaldu o'yinni zaxirada boshladi va 51-daqiqada maydonga tushdi.
"Ronaldu, bugun sening do'sting va murabbiying xato qildi. U seni hammasi kech bo'lganda maydonga tushirdi.
Dunyoning eng yaxshi futbolchisiga past baho bermaslik kerak. Hayot bizga dars beradi. Bugun biz mag'lub bo'lmaymiz, kerakli xulosa chiqaramiz" - deb yozdi Ronalduning qiz o'rtog'i ijtimoiy tarmoqlarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar