Jordan Xenderson: "Bu men ko'rgan eng yaxshi Angliya termasi"
04 iyu 2021 11:11
Yangiliklar
Jordan Xenderson: "Bu men ko'rgan eng yaxshi Angliya termasi"
Angliya termasi yarim himoyachisi Jordan Xenderson Evro-2020 doirasida Ukraina ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Jamoaning birdamligi - barcha turnirlardagi eng muhimidir. Hatto kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilar bilan ham uzoqqa borish mumkin, buning uchun xohish yuqori bo'lishi kerak. Juda kam o'yinga tushayotganlar ham katta extiroslar bilan o'yinni kuzatmoqda. Gol nishonlashimizni ko'ryapsizmi?
Bu men ko'rgan eng yaxshi Angliya termasi va natija ham adolatli. Yana bir necha kundan keyin faoliyatimdagi eng muhim o'yinlardan biri bo'ladi. Endi finalga chiqish haqida o'ylash kerak", - dedi Xenderson.
Fikrlar