So’nggi yangiliklar

17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  1 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  2 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  6 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  0 16:05Роналду "Ал-Насср"да қолишини тасдиқлади  5 15:20Қосимов, Аҳмедов, Зейтуллаев, Тожиев - Қатар билан ўзаро ўйинлар тўпурарлари   11 15:00Аҳмад Ал-Жани: "Мундиалга бир қадам қолди"  9 14:50Сречко Катанец Қатар билан ўйинни "Бунёдкор" стадионида томоша қилади  18 14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  10 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  2 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  4 13:35"Терма жамоа учун оёғим синишига ҳам тайёрман". Роналду — Миллатлар лигаси финалидаги жароҳати ҳақида  1 13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  5 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  13 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  2

Joel Kojo masalasi nima bo'ldi? "Dinamo" vakillari javob berishdi Yangiliklar

Joel Kojo masalasi nima bo'ldi? "Dinamo" vakillari javob berishdi

Samarqandning "Dinamo" klubi va Qirg'iziston milliy terma jamoasi hujumchisi Joel Kojo bu mavsum Superliga kashfiyotlaridan biri bo'ldi.

So'nggi paytlarda Kojoning Eronning "Istiqlol" klubiga o'tishi haqida xabarlar ko'payib qoldi. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida "Dinamo" bosh direktori Dilshod SHarofetdinov bilan bog'landik: 


"Rostini aytaman, Tehronning "Istiqlol" klubi Kojoni sotib olishni so'rab bizga rasmiy taklif yubordi. Lekin hozirgacha biz bu borada hech qanday javob berganimiz yo'q, chunki hali chempionat tugagani yo'q. Hujumchining biz bilan 2025 yil oxirigacha shartnomasi bor va agar shu yil qishda "Dinamo"ni tark etsa albatta qanchadir summa evaziga ketadi. Bepul ketadi degan narsa yo'q. Kojo "Dinamo" hisob raqamiga pul tushirib ketadi, agar ketsa. Oldimizda ikkita o'yin bor va mana shu uchrashuvlardan keyin barchasini ko'rib chiqamiz", - dedi SHarofetdinov championat.asia saytiga.



"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov esa Kojo "Istiqlol"ga ketadimi degan savolimizga qisqa javob berdi: "Menimcha, ha".  


Malumot uchun, Kojo 2024 yil hozirga qadar "Dinamo" tarkibida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib 10 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика