Yoaxim Lev: "Polsha terma jamoasi safida fantastik futbolchilar bor"
08 okt 2014 20:50
Yangiliklar


Yoaxim Lev: "Polsha terma jamoasi safida fantastik futbolchilar bor"
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev Evro-2016dagi raqiblari haqida gapirib o'tdi.
"Polyaklar bilan ikki marotaba to'qnash kelganmiz. Bu terma jamoa safida fantastik futbolchilar bor. Men faqat Robert Levandovski yoki
Lukash Pishchek haqida gapirmayapman. Raqib futbolchilarining asosiy qismi bundesliga va kuchli chempionatlarda to'p suradilar.
Irlandiya va SHotlandiya terma jamoalari ham kuchli raqiblardir. Bu guruhda nima bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydi", - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi 11 oktyabr kuni Polshaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar