Jo Xart yaqin vaqt ichida London klubiga ko'chib o'tadi
15 iyu 2017 17:30
Yangiliklar
Jo Xart yaqin vaqt ichida London klubiga ko'chib o'tadi
"Bolg'achilar" o'z tarkibini taniqli darvozabon bilan kuchaytirmoqchi.
Angliyaning "Manchester Siti" klubi darvozaboni Jo Xart yaqin vaqt ichida "Vest Xem" azosiga aylanadi. Tajribali posbon "bolg'achilar" safiga ijara asosida ko'chib o'tadi. Futbolchining klub bilan tuzgan ijara shartnomasi 1 yilga amal qiladi. Bu bilan "Vest Xem" darvozabonni mavsum so'ngigacha to'liq sotib olish huquqiga ega. Xartning transfer narxi 10 million funtga baholanmoqda. Avvalroq, "Manchester Siti" darvozabonni 25 million evro evaziga sotishni maqsad qilgandi, biroq buncha pulga posboni hech kim sotib olmagan. O'tgan mavsum Jo Xart ijara asosida Italiyaning "Torino" jamoasini himoya qilgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar