J.Koreya Kubogi. O'zbekistonlik futbolchilar o'ynayotgan besh klubdan uchtasi chorak finalga chiqdi
15 iyu 2020 19:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581394_original.jpg)
![](/upload/storage/581394_220.jpg)
J.Koreya Kubogi. O'zbekistonlik futbolchilar o'ynayotgan besh klubdan uchtasi chorak finalga chiqdi
Rustam Ashurmatov o'ynayotgan “Kvandju” o'z maydonida “Kanvon”ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan muddatidan oldin hayrlashdi.
Jamshid Iskanderov harakat qilayotgan “Seongnam” safarda “Tegu”ni penaltilar seriyasiga ko'ra taslim etishga (1:1, pen – 4:2) erishdi.
Ikromjon Aliboev o'ynayotgan “Seul” esa bir kishi kam bo'lib mehmonda “Tedjon Sitizen” (2:1) ustidan qo'li baland kelgan.
SHuningdek, Doston Tursunov jamoasi ham keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etdi. “Busan I'Park” “Suvon Siti” ustidan minimal (1:0) g'alabaga erishdi.
Yana bir o'zbekistonlik futbolchi Oleg Zoteev harakat qilayotgan “CHonnam” klubi esa ekstra taymlarda “CHonbuk Motors”ga (2:3) yutqazdi.
SHunday qilib, kubok chorak finaliga quyidagi jamoalar yo'l oldi:
“Seul”, “Poxang Stilers”, “Ulsan”, “Busan I'Park”, “Seongnam”, “Suvon Blyuuings”, “CHonbuk Motors”, “Kanvon”.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar