So’nggi yangiliklar

15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  5 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi barcha vazirlik, idora va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlarini sog'lom turmush tarziga chorlaydi Yangiliklar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi barcha vazirlik, idora va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlarini sog'lom turmush tarziga chorlaydi

Musobaqa Nizomiga ko'ra ishtirokchilarning yoshi chegaralangan, yani musobaqalarda faqat 30 yosh va undan yuqori bo'lgan xodimlar qatnashish huquqiga ega.

Malumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yil 20 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilish, qolaversa 2019 yil 19 mart kuni o'tkazilgan “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanat, sport, axborot texnologiyalari, kitob o'qishga qiziqishini oshirish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to'g'risida”gi videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini taminlash maqsadida vazirlik, idora va tashkilotlar miqyosida sportni keng ommalashtirish chora-tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida barcha vazirlik, idora va tashkilotlar (huquqni muhofaza qilish organlaridan tashqari)ning markaziy apparati xodimlari o'rtasida futbol va voleybol bo'yicha “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalarini tashkil etish va o'tkazish rejalashtirilmoqda.

Loyihaga ko'ra erkaklar futbol musobaqalarida, ayollar esa voleybol musobaqalarida g'oliblik uchun o'zaro bahslashadi. Musobaqa Nizomiga ko'ra ishtirokchilarning yoshi chegaralangan, yani musobaqalarda faqat 30 yosh va undan yuqori bo'lgan xodimlar qatnashish huquqiga ega.

Musobaqaning final bosqichi sport bayrami tarzida tashkil etilib, yakunda barcha g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика