Turli yosh toifasida O'zbekiston kubogi yakuniga etdi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2020, 12:08
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol mahorat maktablarining turli yosh toifalaridagi jamoalari o'rtasida O'zbekiston kubogi bahslari bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 23-28 noyabr kunlari o'tkazilgan mazkur musobaqalarga Farg'ona, Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi mezbonlik qilmoqda.

O'zbekiston kubogi bellashuvlarining g'olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Samarqand viloyatida o'tgan U13 O'zbekiston kubogi-2020
Oltin - Andijon viloyati
Kumush - Sirdaryo viloyati
Bronza - Namangan viloyati
Bronza - Navoiy viloyati


Jizzax viloyatida o'tgan U14 O'zbekiston kubogi-2020
Oltin - Jizzax viloyati
Kumush - Qashqadaryo viloyati
Bronza - Toshkent shahri
Bronza - Toshkent viloyati

Navoiy viloyatida o'tgan U15 O'zbekiston kubogi-2020
Oltin - Navoiy viloyati
Kumush - Namangan viloyati
Bronza - Surxondaryo viloyati
Bronza - Toshkent viloyati

Qoraqalpog'iston Respublikasida o'tgan U16 O'zbekiston kubogi-2020
Oltin - Sirdaryo viloyati
Kumush - Andijon viloyati
Bronza - Qoraqalpog'iston Respublikasi
Bronza - Farg'ona viloyati

Farg'ona viloyatida o'tgan U17 O'zbekiston kubogi-2020
Oltin - Farg'ona viloyati
Kumush - Qashqadaryo viloyati
Bronza - Buxoro viloyati
Bronza - Jizzax viloyati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz