Jiru faoliyatini "Chelsi"da davom ettirmoqchi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2018, 12:15
"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru jamoani tark etishni rejalashtirmayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, 31 yoshli forvard London jamoasida qolib, asosiy tarkibdagi joy uchun kurashmoqchi. Agar "ko'klar" "Yuventus"dan Gonsalo Iguainni sotib olsa, Jiruning imkoniyatlari kamayadi.

So'nggi mavsum Jiru qishgacha "Arsenal"da o'ynab, chempionatni "Chelsi" tarkibida yakunladi. U APlning 29ta o'yinida maydonga tushib, 7ta gol urdi. Oldinroq, fransiyalikka "Marsel" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail