Jiru: "Liga 1 A Seriyadan ortda emas"

Sherzod Nurmatov
21 okt 2025, 19:58
Fransiya chempionatiga qaytgan Olive Jiru Liga 1'ni Italiya chempionatidan kam emas deb hisoblaydi.

Italiya chempionati futbolchiga begona emas. U 2021/22 yilgi mavsum "Milan" bilan A Seriyada g'olib chiqqan. 

"Men uni Premer-liga bilan solishtirmagan bo'lardim, lekin bizning Liga 1 A Seriyadan ortda emas. Men aytarli farqni ko'rmayman", – dedi Jiru.

Avvalroq Jiru Angliya chempionatida Londonning "Arsenal" jamoasida o'ynagan. U o'tgan mavsumni Amerika chempionati (MLS)da o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe