

"Borussiya (Dortmund) tomonidan qiziqish bo'ldi, ammo ular meni ijaraga olishmoqchi edi. Agentim bilan "Roma" va "Sevilya" ham bog'landi.
Transfer oynasi yopilishiga bir hafta qolganida Dide Desham bilan muloqot qildim, uning fikrini eshitish qiziq edi. U "Chelsi"ga o'tishimni istamadi, ammo hammasi o'zim xohlagandek bo'ldi" - deydi Jiru.
Fransiyalik forvard transfer oynasining so'nggi kunida "Arsenal"dan "Chelsi"ga o'tdi.



