So’nggi yangiliklar

00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  1 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  4 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:23ЖЧ-2026 саралаши. Болгария - Испания, Словакия - Германия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  5 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  4 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  13 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  1

Jeyms Milner 33 yoshida ham ajoyib jismoniy holatga ega (FOTO) Yangiliklar

Jeyms Milner 33 yoshida ham ajoyib jismoniy holatga ega (FOTO)

Hatto mashina ham 33 yoshida to'xtaydi.

Jeyms Milner – Yurgen Klopp boshqarayotgan "Liverpul"ning ramzlaridan biri. Qachonki, kurashish bosim o'tkazish va jismoniy mashqlarni 5 bahoga topshirish kerak bo'lsa, har doim buni Jeymsdan o'rganish kerak.

SHunday baquvvat qo'llar faqat mashqlar natijasida yuzaga kelgan deb o'ylaysizmi? Mana Jeyms Madriddagi hakam hushtagidan keyin "Liverpul"ning ECHLda qo'lga kiritgan sovrinlar sonini ko'rsatmoqda.

Milner - mashina

O'tgan mavsum Jeyms Milner 90 daqiqa yugurish bo'yicha APLning barcha o'yinchilari orasida ikkinchi o'rinni egalladi – u har doim ham asosiy tarkibda tushmagan, lekin juda shiddatli yugurishni amalga oshira olgan (12,68 km 90 daqiqada). Uni faqat "Vulverxempton" klubining 19 yoshli futbolchisi Morgan Gibbs-Uayt ortda qoldirgan. Fakt shuki, o'tgan mavsum Milner 1786 daqiqa harakat qildi, Gibbs esa 1136 daqiqa kamroq.

Bunday hajmdagi ishni ishonib bo'lmas jismoniy tayyorgarliksiz amalga oshirib bo'lmaydi. Milner tatilni juda tez yakunladi va sevimli ishiga qaytdi.



"Liverpul" futbolchilarining tatildan so'ng birinchi topshiradigani - bu laktat testi hisoblanadi. Bu chidamliklik bo'yicha organizmni tekshiruvdan o'tkazadigan og'ir testlardan biri: futbolchilar maydonni aylanish davomida tezlikni bosqichma-bosqich oshirib borishadi, keyin malum vaqt oralig'g'ida qon namunasi olinadi. Agar charchagan bo'lsangiz, eshiklar siz uchun "ochiq bo'ladi".


CHarchamagan bo'lsangiz, test davom ettiriladi. SHu jarayonda kim oxirgi bo'lib qolsa, o'sha futbolchi g'olib sanaladi. 2015 yildan beri (Milner "Liverpul" safiga o'tgan) bu testda faqat Jeyms g'alaba qozonmoqda. Sababi u ushbu kichik chidamlilik tekshiriladigan musobaqada 33 yoshli angliyalik oxiriga qadar bora oladi. Bu yil Milner bilan Fabino, Jo Gomez, Adam Lallana, Joel Matip va Aleks Oksleyd-CHemberlen birgalikda yugurishdi. Gomez hammada oxiriga qadar borishga urindi, ammo Milner qiyinchiliksiz yana g'olib chiqdi.



TalkSport 2 jurnalisti Jek Gill tvitter sahifasida quyidagicha izoh qoldirgan:

Hayotda 3 ta narsadan qochib qutulib bo'lmaydi:
1. O'lim
2. Soliqlar
3. Milnerning laktat testda g'olib bo'lishi

Bundan taassurot shuki, Jeyms yana 2 kun davomida maydonni shu tarzda kesib o'ta oladi. Laktat testning to'liq You Tube da ko'rishingiz mumkin. Milnerning jamoadagi sheriklari va hatto Yurgen Klopp undan ilhomlanadi: "Faqat sportda 33 yosh qariya insondek ko'riladi. Umid qilamanki, unda hali hammasi oldinda. Men "Liverpul"da ekanman, Milnerdek o'yinchiga har doim joy topiladi. U kabi o'yinchisiz, futbolda muvaffaqiyatga erishi imkonsiz", - deydi Klopp.


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика