Jeydon Sancho jarohat oldi
01 sen 2021 20:48
Yangiliklar


Jeydon Sancho jarohat oldi
"Manchester Yunayted"ga yaqinda kelib qo'shilgan Jeydon Sancho jarohat orttirib oldi.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Manchester Yunayted"ning hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho mashg'ulotlarda engil jarohat olganini aytdi. Natijada, futbolchi payshanba kuni Vengriyaga qarshi JCH-2022 saralashida o'ynay olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Sancho ushbu mavsumda "Borussiya"dan "qizil iblislar" safiga kelib qo'shildi. Uning shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. Sancho Angliya klubida bonuslar bilan haftasiga 250 ming funtdan ko'p ishlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar