Jerrardning shogirdlari "Seltik"ning 9 yillik seriyasiga nuqta qo'yib, SHotlandiya chempioniga aylandi
07 mar 2021 20:01
Yangiliklar
Jerrardning shogirdlari "Seltik"ning 9 yillik seriyasiga nuqta qo'yib, SHotlandiya chempioniga aylandi
"Seltik" futbolchilari SHotlandiya chempionatining 31-turida "Dandi Yunayted" jamoasi bilan durangga imzo chekishdi.
Bu Stiven Jerrard boshchiligidagi "Reynjers"ning muddatidan oldin chempion bo'lishi uchun xizmat qildi. SHu tariqa Glazgo shahri jamoasi 2010/2011 yilgi mavsumdan beri ilk bor SHotlandiya chempioniga aylanib, "Seltik"ning qatorasiga 9 ta chempionlikdan iborat o'ziga xos seriyasiga nuqta qo'ydi.
Malumot uchun, bu "Reynjers" tarixidagi 55-chempionlik, "Seltik" esa SHotlandiya chempionatida azaliy raqiblariga nisbatan 4 marta kamroq yutgan.
Fikrlar