Jerrard "Oltin to'p" uchun asosiy to'rt davogar nomini aytdi
20 noy 2018 19:11
Yangiliklar
Jerrard "Oltin to'p" uchun asosiy to'rt davogar nomini aytdi
"Reynjers" bosh murabbiyi Stiven Jerrard 2018 yil yakunlariga ko'ra beriladigan "Oltin to'p" sovriniga asosiy 4 nomzod haqida gapirdi.
"Yil davomida bir xil o'yin namoyish qilgan, barqarorlik ko'rsata olgan futbolchigina ushbu sovrinni qo'lga kiritishi kerak deb hisoblayman. Demak, Antuan Grizmann va Kilian Mbappe asosiy nomzod bo'ladi. Biroq Krishtianu Ronaldu va Leo Messi "Oltin to'p" uchun asosiy davogarlar bo'lib qolaveradi", - dedi Jerrard.
Oldinroq aytilganidek, "Real" futbolchisi Luka Modrich hozircha sovrin uchun asosiy davogar bo'lib turibdi.
Fikrlar