Jerdan SHakiri "Lester" bilan o'ynamasligi mumkin
31 mar 2017 20:34
Yangiliklar
Jerdan SHakiri "Lester" bilan o'ynamasligi mumkin
"Stok Siti" bosh murabbiyi Mark Xyuz APL 30-turi doirasida "Lester"ga qarshi o'yin oldidan yarim himoyachi Jerdan SHakirining holati haqida gapirib o'tdi.
"SHakirining o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida. Unda kichik jarohat bor. Agar Jerdan tiklanishga ulgurmasa, tavakkal qilmaymiz. Lekin, uning "Liverpul" bilan o'ynashi ishonamiz. Jek Batlend ham tayyor emas. Jekning jarohati ortda qoldi deb umid qilamiz va uning qaytishini intizorlik bilan kutamiz", - deydi Xyuz.
Fikrlar