"Jenoa" Turkiya chempioni bilan shartnoma imzolaydi
01 sen 2023 01:13
Yangiliklar


"Jenoa" Turkiya chempioni bilan shartnoma imzolaydi
"Galatasaroy" yarim himoyachisi Berkan Kutlu "Jenoa"ga o'tadi.
Bitim 5 million evroga sotib olish shartini o'z ichiga olgan ijara shartnomasi ko'rinishida tuziladi. Bugun futbolchi Italiyada tibbiy ko'rikdan o'tadi.
O'tgan mavsum Kutlu 28 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi, 2 ta golga assistentlik qildi va 4 ta sariq kartochka oldi. Joriy mavsum uning hisobida 8 ta o'yin va bitta sariq kartochka bor. 25 yoshli futbolchining “Galatasaroy” bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qilardi. Transfermarkt portali turk futbolchisini 4 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar