Jeko sardorlik bog'ichidan mahrum qilindi
03 fev 2021 22:58
Yangiliklar


Jeko sardorlik bog'ichidan mahrum qilindi
Rimning "Roma" klubi sport direktori Tiagu Pintu 3 fevral kuni jamoa hujumchisi Edin Jeko sardorlik bog'ichidan mahrum qilinganini elon qildi.
"Edin — kuchli futbolchi, katta tajribaga ega professional. U va Paulu Fonseka ishtirokida bir necha bor uchrashuv o'tkazdik. Hammasi joyida, barcha xotirjam. Endi umumiy maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ko'proq ishlashimiz kerak. Bizda qoidalar bor, shu tufayli Edin endi jamoa sardori emas", — deya funkcionerning so'zlarini keltirdi "Football Italia".
Malumot uchun, boniyalik futbolchi va "bo'rilar" murabbiyi o'rtasida ziddiyat yuzaga kelganidan keyin forvard jamoadan ketishga qaror qilgan edi. 34 yoshli Jeko joriy mavsum "Roma" uchun 20 ta uchrashuv o'tkazib, 8 gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar