So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  236 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Jek Uilshir: Hozircha asosiy vazifa – o'ynash Yangiliklar

Jek Uilshir: Hozircha asosiy vazifa – o'ynash

Teglar :  Jek UilshirArsenal
Bilasiz, Angliya terma jamoasi Evro-2016dagi omadsiz ishtiroki oqibatida muxlislar ishonchiga ancha putur etkazdi.

Yarim himoyachi Jek Uilshirning fikricha, futbolchilar endi tanqidlarni to'g'ri qabul qilib, mamlakat ishonchini tezroq qaytarishga urinishlari lozim. Arsenal vakili The Telegraph nashriga bergan intervyusida milliy jamoa haqida to'xtalish barobarida doimiy tarzda jarohatga yo'liqishi sabablarini ham tilga oldi. Darhaqiqat, Uilshir futbolchilarning asosiy dushmani – jarohatdan etarlicha jabr ko'rdi va bu holat xohlaymizmi-yo'q, uning ishtiyoq-maqsadlariga malum darajada tasir qiladi. Misol uchun, Jek ayni payt yangi mavsum davomida imkon qadar ko'proq o'ynashni asosiy vazifa sifatida ko'ryapti.

- O'ylaymanki, muxlislar oxirgi Evropa chempionatidagi ishtirokimizni shunchaki, unutib yubormaydilar, - deydi Uilshir Franciya mezbonlik qilgan qita birinchiligi haqida. - Darhaqiqat, juda sust o'ynadik. Buni tan olib, tanqidlarga to'g'ri yondashish kerak. Endi omadsizlik sababini avvalo, o'zimizdan izlashimiz maqsadga muvofiq. CHunonchi, fanatlarimizni ancha uyaltirib qo'ydikki, buyog'iga hushyor tortmasak bo'lmaydi. Ha, angliyalik muxlislar terma jamoaga nisbatan juda talabchan va ularning o'z alam-g'azablarini to'kib solishlari tabiiy hol. Biroq ayni payt milliy jamoaning barcha futbolchilari uchun eng muhimi bor etiborni yangi murabbiy bilan ishlashga qaratish hamda uning falsafasiga moslashishdir.

Uilshirning aytishicha, Sem Ellardays Angliya termasini boshqarishga munosib murabbiy: Roy Xojson o'rniga Ellardays tayinlanganidan xursandman. Menimcha, milliy jamoamizga angliyalik mutaxassisning ustozlik qilishi muhim shart hisoblanadi. Xullas, Ellardays bilan ishlash onlarini sabrsizlik bilan kutyapman. Uning ishida yaqqol ko'zga tashlanadigan jihat - bu uyushqoqlik. Ko'pchilik murabbiyning o'yin uslubi haqida turlicha gapiradi, biroq menimcha, eng asosiysini unutmaslik kerak: Ellardays g'alaba yo'lida nima qilish lozimligini yaxshi biladi. Boz ustiga, Angliya termasiga oxirgi vaqtlarda aynan shunday yondashuv etishmayotgandi. Axir biz xalqaro maydonda turli raqiblarga qarshi to'p suramiz. Ulardan ayrimlari kombinicion futbolga tayanishadi, boshqalari nisbatan soddaroq uslubga asosan harakatlanishadi. SHunday ekan, har bir raqibga alohida yondashish talab etiladi. Ellardaysning Sanderlend va boshqa klublarda bajargan ishiga qarang. U aksariyat jamoalarda natijani taminlay olgan. Qisqasi, yangi bosh murabbiyning boy tajribasi terma jamoaga ham qo'l kelishiga ishonaman.

Evro-2016dagi salbiy natijaga qaramay, Uilshir Franciyaga borganidan g'oyat xursand: Premer-ligadagi alamli mavsumdan so'ng terma jamoa safiga qo'shilganim ayni muddao bo'ldi. Bordiyu, Evro-2016dan chetda qolganimda, bu holat men uchun ham ruhiy, ham jismoniy tomondan qattiq zarba hisoblanardi. Axir yana naq 7 hafta dam olishimga to'g'ri kelardi. Xullas, 7-8 oyga cho'zilgan davolanish-tiklanish jarayonidan so'ng men uchun o'yin amaliyoti suv va havodek zarur edi.

Uilshir yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Biroq birdaniga bor kuchi bilan o'ynashi qiyin. Yarim himoyachining aytishicha, endilikda yaxshi sport formasini saqlab turish uchun ham sal boshqacharoq harakatlanishi zarur: O'tgan mavsum sof xafagarchilik ulashdi. Axir butun yig'inlar jarayonida astoydil ter to'kib, superkubok o'yini oldidan jarohatlandim. Go'yoki, bir umr davolangandek bo'ldim. Bu holatda tezda premer-liga darajasiga chiqishim juda mushkul. Xullas, hozirgi asosiy maqsadim - imkon qadar ko'proq o'ynash va jarohatdan qochish. O'ylaymanki, bu ish qo'limdan keladi. CHunki endilikda o'z tanamni har qachongidan yaxshiroq bilaman. Boshqacha aytganda, qo'limdan nima kelishiyu, nima kelmasligini tushunib turibman. SHularni hisobga olib, oldimga aql bovar qilmas qandaydir vazifalarni qo'ymayman. Hozirgi holatda men uchun eng asosiysi - Rojdest-vogacha o'ynash. Qolganini keyin ko'ramiz. Yashirmayman, tanam hali katta vazifalarni bajarishga tayyor emas. Buni yaxshi anglab turibman.  Ayniqsa, mashg'ulotlarda zo'riqishim noo'rin. O'tgan yilgi alamli jarohat ham aynan mashg'ulotlar jarayonida yuz bergandi. Aslida o'sha holatda Gabrielga qarshi podkat usulini qo'llashimga zarurat yo'q edi. Biroq shunday qildim va buning jabrini tortdim. Barchasini tahlil qilib, shuni tushundimki, tanam har qanday og'ir  mashg'ulotlarni ko'taradi va bundan kuchimga kuch qo'shiladi. Biroq har bir vaziyatda to'pga telbalarcha tashlanish men uchun emas - bu aniq. Demak, o'yinga yondashuv masalasida o'zgarishim shart.


H. MASAIDOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика