Jek Uilsher o'ziga yangi klub topdi
21 fev 2022 08:30
Yangiliklar
Jek Uilsher o'ziga yangi klub topdi
“Arsenal” tarbiyalanuvchisi Jek Uilsher faoliyatini Daniya Superligasida davom ettiradi.
U “Orxus" bilan shartnomani uzaytirish sharti bilan mavsum oxiriga qadar bitim imzoladi. 30 yoshli futbolchi yangi jamoasi erkin agent sifatida kelib qo'shildi va 10-raqamda o'ynaydigan bo'ldi.
Uilsherning oxirgi klubi esa “Bornmut” bo'lgan. U 2021 yil yozida jamoani tark etgandi.
Yarim himoyachi 2001-2018 yillar davomida “Arsenal” strukturasida faoliyat olib borib, 198 o'yinda qatnashgan holda 14+30 natija qayd etgan.
Fikrlar