Jek Uilsher CHempionship jamoasi azosiga aylandi
18 jan 2021 22:09
Yangiliklar


Jek Uilsher CHempionship jamoasi azosiga aylandi
"Bornmut" rasmiy veb-sayti Angliya termasi sobiq yarim himoyachisi Jek Uilsherning transferi to'g'risida elon qildi.
Futbolchi erkin agent edi, shuning uchun "Bornmut" uni bepul qo'lga kiritdi. Yarim himoyachi "giloslar" bilan 2021 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. U ilgari, yani 2016/17 yilgi mavsumda ham "Bornmut" tarkibida o'ynagan.
29 yoshli Uilsher "Arsenal" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U "kanonirlar" tarkibida 198 uchrashuv o'tkazib, 14 ta gol urgan va 30 ta golli uzatmani qayd etgan. SHuningdek, "Bolton" va "Vest Xem"da to'p tepgan. U Angliya terma jamoasi safida 34 uchrashuv o'tkazgan va 2 ta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
"Bornmut" ushbu mavsumda CHempionship doirasidagi 24 turdan keyin uchinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar