So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  2 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  9 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  340

JCH saralashi. O'zbekiston Singapur darvozasiga javobsiz 5 ta to'p kiritdi! Yangiliklar

JCH saralashi. O'zbekiston Singapur darvozasiga javobsiz 5 ta to'p kiritdi!

O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 saralashi doirasidagi Singapur terma jamoasiga qarshi o'yini matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

7 iyun, JCH-2022 saralash bosqichi

Bosh hakam: Ali Abdulnabi Alsamahiji (Bahrayn)

Yon hakamlar: Navof SHahin Musa (Bahrayn), Fadi Mahmud (Suriya)

Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)

Hakamlar nazoratchisi: Umar Musa Abu Lum (Iordaniya)

Uchrashuv komissari: Asep Saputra (Indoneziya)

O'zbekiston - Singapur 5:0  

"Qirol Faxd" stadioni, Ar Riyod, Saudiya Arabistoni

Gollar: Jaloliddin Masharipov 6', 35', Eldor SHomurodov 45+2', Odil Ahmedov 50', avtogol Irfan Fandi 89'

O'zbekiston – Sanjar Quvvatov, Husniddin Aliqulov (Hojiakbar Alijonov, 45), Umarbek Eshmurodov,  Islomjon Qobilov, Oleg Zoteev, Otabek SHukurov (Odiljon Hamrobekov, 55), Odil Ahmedov, Ikrom Aliboev, Jaloliddin Masharipov (Farruh Ikromov, 55), Dostonbek Hamdamov (Hojimat Erkinov, 46, Temurxo'ja Abduholiqov, 60), Eldor SHomurodov

Zaxira: Valijon Rahimov, Abduvohid Nematov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Rustamjon Ashurmatov, Abrorbek Ismoilov, Vagiz Galiulin, Sanjar SHoahmedov

Singapur – Izvan Mahbud, Madxu Moxana (Zulqarnayn Suzliman, 67), Bayxakki Xayzan, SHakir Xamza, Nazrul Nazari (SHaval Anuar, 46), SHahdan Sulaiman, Zulfaxmi Arifin, Xafiz Sujad (Irfan Fandi, 30), Xazzuvan Xalim (Sayfulla Akbar, 71), Faris Ramli, Yasir Xanapi

Zaxira: Zayful Nizam, Xassan Sanni, Anu, Amirul Adli, Hafiz Nur, Ilxan Fandi, Gabriel Kvak

Ogohlantirishlar: Bayxakki Xayzan (10), Otabek SHukurov (12), Zulfaxmi Arifin (33), Odiljon Hamrobekov (59), Islomjon Qobilov (90+1).

Bahs yakunlandi! Yirik g'alaba! 

90+4. Farruh Ikromovning zarbasidan keyin darvozabon to'pni ushlab oldi. 

90+3. Odil Ahmedovga tibbiy yordam namoyish qilinmoqda. 

90+1. Islomjon Qobilov Sayfulla Akbarga nisbatan qoidani buzdi va sarik oldi.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

89. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Odil Ahmedovning uzatmasi golga aylandi, to'p himoyachining boshiga tegib, darvoza to'ridan joy oldi – 5:0! 

88. Singapur xavfli hujum qayd etdi. Umarbek Eshmurodov jonbozlik ko'rsatdi. Ofarin! 

86. Abduxoliqov chapda raqibni aldashga urindi, ammo kutilmaganda to'p uning o'zidan maydonni tark etdi. 

84. Singapur vakili jaroxat olib, maydonda yotibdi. Bu 10-raqamli Faris Ramli. U Islomjon Qobilov bilan to'qnashgan ekan. 

82. Ikromov jarima maydoni ichkarisiga kirishga intildi va to'pni o'zida qoldirib, xato qildi, yani to'pni oldirdi. 

81. Abduxoliqov to'pni Ahmedovga qoldirdi, biroq u biroz omadsizlikka uchrab, to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi.

78. Zarba!  Ikromov Ahmedovga pas berdi, jamoamiz sardorining markaz tomon uzatmasidan keyin SHomurodov o'tkir burchakda bo'lishiga qaramasdan, zarba berishning uddasidan chiqdi, uni darvozabon qaytardi. 

78. Futbolchilarga suv ichib olishlari uchun imkoniyat taqdim etildi. 

76. Ahmedovning burchakdan uzatmasi, himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

75. O'zbekiston to'pni o'zida saqlagan holda o'yindagi nazoratni olib boryapti.  

72.  Zarbaaaa!  Ikrom Aliboevning kuchli zarbasidan so'ng Izvan Mahbud seyv namoyish qildi! 

70. O'yinda kichik "time-out" yuzaga keldi. Davom etamiz. 

67. Singapurda o'zgarish: Madxu Moxana o'rniga Zulqarnayn Suzliman o'yinni davom ettiradigan bo'ldi. 

66. Temurxo'ja Abduxoliqov hujumda faollik ko'rsatib, burchak to'pi ishladi. 

65. Islomjon Qiobilov pas berishda xatoga yo'l qo'ydi, ammo sheriklari unga yordamga oshiqishdi. 

60. O'zbekistonda ikkinchi majburiy o'zgarish: Hojimat Erkinov o'rniga Temurxo'ja Abduxoliqov tushirildi. 

59. Hamrobekov qo'pollik ishlatdi deb topildi va sariq kartochka oldi. 

57. Madxu Moxana Hojimat Erkinov bilan to'qnashuvda qatnashdi. Afsuski, Erkinov oyog'ini jarohatlab oldi.  

56. Ahmedovning ichkariga yo'llagan uzatmasini himoyachilar bartaraf etishdi. 

55. O'zbekistonda 2 ta o'zgarish: Otabek SHukurov o'rniga Odiljon Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov o'rniga Farruh Ikromov maydonga tushdi.  

54. SHomurodov chap qanotdagi Zoteevga pas berdi, uning uzatmasi sal kuchsiz chiqib qoldi. 

50. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Odil Ahmedov gol urib, hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi! 

46. Singapurda 2 ta o'zgarish: Nazrul Nazari o'rniga SHaval Anuar, Zulfaxmi Arifin o'rniga Xami SHaxin tushdi.

46. O'zbekistonda o'zgarish: Dostonbek Hamdamov o'rniga Hojimat Erkinov o'yinga qo'shildi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 3:0. Tanaffus! 

45+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Eldor SHomurodov raqib darvozasini ishg'ol etdi – 3:0! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

45. O'zbekistonda majburiy almashtirish: Husniddin Aliqulov o'rniga Hojiakbar Alijonov o'yinni davom ettiradi. 

44. Husniddin Aliqulov jarohat olganga o'xshaydi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

43. Zarba yo'llash bo'yicha statistika: 7:0. To'pga egalik qilish bo'yicha esa O'zbekiston 65% ko'rsatkich bilan ustunlikka ega.

41. Zarba!  Dostonbek Hamdamovning o'ng oyoqda bergan zarbasidan keyin raqib posboni to'pni ushlab oldi.  

39. Zoteevning uzatmasidan keyin SHomurodov biroz noqulay pasdan keyin tizzasi bilan zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida.

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  SHomurodovning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pga Jaloliddin Masharipov ega chiqdi va yaqin burchakni nishonga olib, dublga erishdi – 2:0! 

33. Zulfaxmi Arifin Ikrom Aliboevga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

30. Singapurda o'zgarish: Xafiz Sujad o'rniga Irfan Fandi tushdi. 

27. Hamdamovning xatosidan keykeyin raqib o'yinchisi osonlik bilan birga-bir holatga chiqib borishiga oz qoldi, darvozani tark etgan Quvvatov jamoa joniga ora kirdi.  

25. Zarba!  Ahmedovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng SHomurodov bosh bilan zarba yo'lladi, darvozabon uni qaytardi. 

24. Bu gal Oleg Zoteev o'yindan tashqari holatda qoldi. 

22. O'zbekistondan ketma-ket hujumlar va o'ziga xos kombinaciyalar. Hozirgi vaziyatda SHukurovning pasi hech kimga tegmay, maydonni tark etdi.

21. SHomurodov yaxshi vaziyatga chiqib bordi, ammo hakamlar ofsayd deb topishdi. 

18. Eldor SHomurodovning yurishi amalga oshmadi, Bayxakki Xayzan unga qarshi chiqdi. 

17. Zarbaaaa!  Odil Ahmedovning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

15. SHukurov qanotdan Ahmedovni oldinga boshladi, sardorimizning uzatmasi himoyachilar tomonidan qaytarildi.  

12. Otabek SHukurov o'yin qoidasini buzdi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

10. Bayxakki Xayzan sariq kartochka oldi. 

10. Hamdamovning ichkariga uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. 

9. "Oq bo'rilar" o'z ishonchli o'yinlarini namoyish qila boshlashdi, maydondagi ustunlik biz tomonga o'tdi. 

6. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Aliboevning qoyilmaqom pasidan keyin Jaloliddin Masharipov hisobni ochdi – 1:0!  

5. Islomjon Qobilov maydon markazida raqib sardori Yasir Xanapiga nisbatan qoidani buzdi. 

3. CHap qanotda Masharipov-Zoteev kombinaciyasi amalga oshirildi, Olegning uzatmasidan so'ng to'pni Izvan Mahbud ushlab oldi. 

2. O'yinni qizil libosdagi singapurliklar boshlab berishdi. 

1. O'yin boshlandi! 


O'yinoldi suratlar

Bugungi bosh hakam Ali Abdulnabi Alsamahijining bizga taalluqli ko'rchatkichi:

2018. OCHL. "Nasaf" - "Persepolis" 0:0

2017. OCHL. "Al Ahli" - "Lokomotiv" 4:0

2016. JCH-2018 saralash. Qatar - O'zbekiston 0:1

2016. OCHL. "Lokomotiv" - "Sepaxon" 1:0

2013. OCHL. "Bunyodkor" - "Beyjing Goan" 0:0

2013. OCHL. "Al SHabab" - "Paxtakor" 0:1

2013. Osiyo Kubogi-2015 saralash. O'zbekiston - Gonkong 0:0

2012. OCHL. "Bunyodkor" - "Adelaida Yunayted" 3:2

- Bahs Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. 

- Oybek Bozorov diskvalifikaciya tufayli bugungi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Islom To'xtaxo'jaev, Sanjar Qodirqulov, Igor Sergeev va SHohruz Norxonov 23 talik ro'yxatga kiritilmagan.  

- Eslatib o'tamiz, ushbu bosqichda saralash bahslari Saudiya Arabistonida markazlashgan holda o'tkazilmoqda.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Singapurga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +133   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика