So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  10 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

JCH saralashdagi raqibimiz. Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi futbolchilarni Yamanni hurmat qilishga chaqirdi Yangiliklar

JCH saralashdagi raqibimiz. Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi futbolchilarni Yamanni hurmat qilishga chaqirdi

Ertaga JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Yaman uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bellashuv biz uchun ahamiyatga ega, negaki har ikki jamoa O'zbekiston joy olgan guruhda bahs olib bormoqda. Bugun tashkil etilgan o'yindan oldingi matbuot anjumanida saudiyaliklar bosh murabbiyi Erve Renar quyidagi fikrlarni bildirdi: 

"Yamanga qarshi kechgan birinchi o'yin hamon yodimda. Bahraynda o'tkazilgan uchrashuvda biz 2:2 hisobini qayd etgandik. Aytishim kerakki, o'shanda futbolchilarimizda raqibni mensimaslik holati kuzatilgandi. Lekin o'ylaymanki, bu safar unday bo'lmaydi. Yana shuni aytishim mumkin, o'sha o'yinda men Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchilarini yaxshi bilmasdim. O'tgan vaqt mobaynida bir nechta mashg'ulot va o'yinlarni o'tkazdik, futbolchilarni yaqindan taniy boshladim. Hozirgi paytga kelib guruhda 11 ochko bilan peshqadamlik qilyapmiz. Agar Yaman termasini mag'lub etsak, eng yaqin taqibchimiz O'zbekistondan besh ochkoga ilgarilab ketamiz. Buni jamoadagi hamma juda yaxshi his qilib turibdi", - deydi franciyalik murabbiy. 

Erve Renar futbol olamida taniqli mutaxassislardan biri hisoblanadi. U 2018 yilgi jahon chempionatida Marokash terma jamoasini boshqargan. SHu yilning mart oyida o'tkazilgan JCH saralash bahsida Saudiya Arabistoni uning qo'l ostida Falastinni 5:0 hisobida mag'lub etib, guruhdagi ahvolini ancha yaxshilab oldi. 

"Saudiya Arabistonidan taklif tushganida faqat bir narsa o'yladim: jahon chempionatiga chiqishni. O'tgan vaqt davomida o'sishga erishdik deb ayta olaman, lekin manzilgacha hali yo'l uzoq. Biz Qatarda o'tkaziladigan mundialga borish uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz. CHunki Qatar bizga yaqin davlat va u erga juda ko'p saudiyalik muxlislar borishini tasavvur qilyapman", - deydi Erve Renar. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика