So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  15 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  72 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

JCH saralashdagi raqibimiz ham mashg'ulotlarni boshladi. Murabbiy intervyu berdi Yangiliklar

JCH saralashdagi raqibimiz ham mashg'ulotlarni boshladi. Murabbiy intervyu berdi

O'zbekiston terma jamoasi JCH saralash o'yinlarida Yaman, Singapur, Saudiya Arabistoni va Falastin bilan bir guruhda kurash olib bormoqda.

Bugundan Singapur terma jamoasi ham mashg'ulotlarni boshladi. Jamoa bosh murabbiyi Tatsuma Yoshida bo'lajak o'yinlar uchun 26 nafar futbolchini taklif etdi. "SHerlar" 3 iyun kuni Falastin, 7 iyunda O'zbekiston va 11 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushishadi.

Tarkibga nazar tashlar ekanmiz, uch nafar yangi futbolchini ko'ramiz. Bular - Sayfulloh Akbar, Ibraki Adnan va hujumchi Ilhan Fandi. Terma jamoa ustozi Tatsuma Yoshida yig'in oldidan shunday dedi: 

- "Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan JCH saralash bahslariga 26 nafar futbolchi bilan yo'l olamiz. Tarkibda uch nafar yangi futbolchi bor, o'ylaymanki, ular ham o'zlarini ko'rsatadi. Saudiyaga ketishdan oldin Dubayga borib, u erda Afg'oniston bilan o'ynaymiz. Har ikki jamoa o'zaro kelishuviga ko'ra, bu o'yin yopiq tarzda kechadi. 31 may kuni esa Ar Riyodda bo'lamiz". 

- "O'tgan bir yil davomida umuman o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmadik. SHu bois Afg'oniston bilan kechadigan bahs biz uchun muhim hisoblanadi. Biz faqat shu o'yin orqali rasmiy bahslarga tayyorgarlik ko'ramiz. Guruhdagi vaziyat haqida nima deyishim mumkin? Raqiblar kuchli. Lekin shunga qaramay, biz ham o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Men uchun eng muhimi, jamoam har bir o'yinda maydonga chiqib oxirigacha kurashishini xohlayman. Maqsadimiz esa guruhda ikkinchi bo'lish".

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика