So’nggi yangiliklar

00:43Мбаппеда бир неча ойдан бери руҳий муаммолар бор (L’Equipe)  2 00:16Тайрелл Маласиа 17 ой деганда майдонга қайтмоқда. У бугун ўринбосарлар сафида футбол ўйнайди  0 23:33Шомуродов, Ашурматов ва Файзуллаев ҳам қўшилди. Ўзбекистон МТЖнинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 23:19Фрэнк Лэмпард мураббийликка қайтиши мумкин, аммо...  0 22:50Лисандро Мартинес жароҳат сабаб Аргентина терма жамоаси ўйинларида иштирок этмайди  0 22:10Родри "Олтин тўп"да кимларга овоз берган бўларди? Футболчининг ўзи жавоб берди  10 21:42Элдор Шомуродов: "Қатарга қарши ғалаба учун майдонга тушамиз, аммо гол ўтказиб юбормаслик ҳам жуда муҳим"  14 21:07"Ливерпуль" академияси: Сен ёлғиз эмассан  1 20:51Рустам Ашурматов: "Жамоавий ўйин бўйича Қатардан устунроқмиз"  3 20:0112 йиллик армон ёхуд "Насаф"ни чемпион қилган Рўзиқул Бердиев билан эксклюзив интервью   7 19:32ПСЖ бу сафар Тибо Куртуани сотиб олишга уриниб кўрмоқчи  3 19:13Рафинья Ямалга 10 минг фунтлик тилла "iPhone" совға қилди  6 18:41Неймар: "Шу ҳафтанинг ўзида 3 та фейк хабар чиқди. Бразилия менга бундай муносабатда бўлаётганидан хафаман"  12 18:10Беларусь терма жамоаси ҳужумчиси виза билан муаммо туфайли Миллатлар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  0 17:46"Бавария" Ян Кристиан Дризен билан шартномани узайтирди  1

JCH saralash. Guruhda ikkinchi o'ringa tushdik, buyog'iga yana matematika bilan shug'ullanamizmi? Yangiliklar

JCH saralash. Guruhda ikkinchi o'ringa tushdik, buyog'iga yana matematika bilan shug'ullanamizmi?

Kecha bo'lib o'tgan Saudiya Arabistoni - Falastin bahsidan so'ng saudiyaliklar guruh peshqadamiga aylanib olishdi.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi raqibni ayab o'tirmadi va 5:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu g'alabadan so'ng JCH saralashdagi raqibimiz o'z ochkolari sonini 11taga etkazib guruh peshqadamiga aylanib oldi. SHunday qilib bizda ham, Saudiyada ham uchtadan o'yin qoldi. 

Saralash bahslari 3-15 iyun oralig'ida markazlashgan tartibda Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishini hisobga olsak, bu jamoaning guruh peshqadamligini topshirib qo'yishiga ishonish qiyin. Lekin shuni unutmaylikki, hammasi hamon o'z qo'limizda. 

Matematikaga bormisiz?

SHu paytgacha faqat guruh peshqadamligini ko'zlab kelayotgandik, biroq ikkinchi o'ringa tushib qolgach, endilikda ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarimizni chamalay boshladik. Xullas har jahon chempionati saralash o'yinlarida biz to'qnash keladigan matematika bilan  yana hisoblashib ko'ramiz. 

O'zi bizda doim shunaqa bo'lgan, hal qiluvchi pallada futbol bir chetda qolib hisob-kitob qilishga tushib ketamiz. Agar falonchi jamoa yutqazib, biz yutsak unday bo'ladi, pistonchi jamoa kam gol urib, biz ko'proq ursak bunday bo'ladi, xullas g'olib jamoaga 3 ochko, durang qayd etganga 1 ochko, yutqazganga 0 ochko qoidasi yozilganidan beri matematika bilan ovora bo'lib kelganmiz.

Saudiya kimlar bilan o'ynaydi, biz-chi?

Kechagi g'alabadan so'ng Saudiya Arabistoni bizdan 2 ochkoga ilgarilab ketdi. Bizda 9, ularda 11 ochko bor. Saudiya Arabistoni terma jamoasi iyun oyidagi o'yinlarda dastlab Yaman, so'ngra Singapur va oxirida biz bilan kuch sinashadi. Bizning ham raqiblarimiz Yaman, Singapur va Saudiya Arabistoni. 

3 iyun. Saudiya Arabistoni - Yaman

11 iyun. Singapur - Saudiya Arabistoni

15 iyun. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston


7 iyun. O'zbekiston - Singapur

11 iyun. Yaman - O'zbekiston

15 iyun. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston


Imkoniyatlar qanday? 

Yuqorida hali hammasi o'z qo'limizda ekanini aytib o'tdik. Aytaylik, Saudiya Arabistoni dastlabki ikki uchrashuvni o'z foydasiga hal etsa va biz ham ikkita o'yinda g'olib bo'lsak, ikki ochkolik farq saqlanib qoladi. So'ngra oxirgi o'yinda masala hal bo'ladi. Agar Saudiyani o'z maydonida mag'lub eta olsak, guruhdan birinchi o'rin bilan chiqamiz va ortiqcha hisob-kitoblarga o'rin qolmaydi. 

SHunda saudiyaliklarni bir ochkoga ortda qoldirib keyingi bosqichga chiqqan bo'lamiz. Aytaylik, 15 iyun kungi bahsda durang yo mag'lubiyat qayd etsak, unda nima bo'ladi? Unda boshqa guruhlardagi ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar bilan o'zaro hisob-kitob ishlarini qilishimizga to'g'ri keladi. 

Keyingi bosqichga nechta jamoa chiqadi?

Ko'pchilik shu guruhdan chiqsak, marra bizniki, jahon chempionatiga boramiz deb o'ylayapti. Lekin bu bosqich hali jahon chempionati degani emas. Axir JCH yo'llanmasi Saudiya, Falastin, Yaman, Singapur bilan o'yinlarda qo'lga kiritilmaydi. Biz hali Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Avstraliya, Xitoy kabi jamoalar bilan to'qnash kelganimiz yo'q.

Hozircha saralashning ikkinchi bosqichi davom etyapti va bunda jami 40ta jamoa 5tadan 8 guruhga bo'lingan holda kurash olib boryapti. Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan birinchi o'rinni egallagan jamoalar (8ta) to'g'ridan to'g'ri keyingi bosqichga yo'l olishadi. SHuningdek, ikkinchi o'rindagi eng yaxshi ko'rsatkichga ega to'rtta yoki beshta jamoa ham uchinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 

Gap shundaki, JCH-2022 Qatarda bo'lib o'tadi va Qatar saralashda konkursdan tashqari ishtirok etmoqda. Yani, Qatarning natijalari faqat Osiyo Kubogi-2023 uchun kerak, xolos. SHu bois Qatar guruhda birinchi bo'lsa (katta ehtimol bilan shunday bo'ladi ham), unda ikkinchi o'rinni egallaganlar orasida beshinchi jamoaning ham keyingi bosqichga o'tish imkoniyati bo'ladi.


Ikkinchi o'rindagilar kimlar?

Tabiiyki 8ta guruh bo'lganidan keyin 8ta ikkinchi o'rindagi jamoa ham bo'ladi. Ketma-ketlikda qaraydigan bo'lsak, hozircha O'zbekiston 8 jamoa orasida 4-o'rinni egallab turibdi. 

1. Ummon - 12 ochko (to'plar nisbati +7)

2. Quvayt - 10 ochko (to'plar nisbati +14)

3. Tojikiston - 10 ochko (to'plar nisbati +1)

4. O'zbekiston - 9 ochko (to'plar nisbati +6)

5. Malayziya - 9 ochko (to'plar nisbati +2)

6. Bahrayn - 9 ochko (to'plar nisbati +2)

7. Janubiy Koreya - 8 ochko (to'plar nisbati +10)

8. Xitoy - 7 ochko (to'plar nisbati +11)

Aslini olganda biz hozir ham yaxshi hoatdamiz va Yaman bilan Singapurni yutib olsak, Saudiyaga qarshi qanday o'ynashimizdan qatiy nazar keyingi bosqichga chiqishimizga ishonsa bo'ladi. Ammo bu - futbol va ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin. SHu bois har qanday holatga tayyor turish kerak.

Yuqorida terma jamoamizning qolgan 3ta o'yini kimlar bilan qachon bo'lishini keltirib o'tdik. SHu o'rinda boshqa guruhlardagi ikkinchi o'rin egalari maydonga tushadigan bahslar taqvimini keltirib o'tamiz. 

Ummon - 12 ochko (to'plar nisbati +7)

7 iyun. Ummon - Qatar

11 iyun. Afg'oniston - Ummon

15 iyun. Bangladesh - Ummon

Ummon aytalik, Qatardan mag'lubiyatga uchrab keyingi ikkita bellashuvni yutishi mumkin. SHunda ularning ochkosi 18 bo'ladi. Bu tomonlama olib qaraydigan bo'lsak, Ummon keyingi bosqichga chiqadigan asosiy davogarlardan biri sifatida ko'rinyapti. 


Quvayt - 10 ochko (to'plar nisbati +14)

3 iyun. Avstraliya - Quvayt

11 iyun. Quvayt - Iordaniya

15 iyun. Xitoy Taypeyi - Quvayt

Markazlashgan musobaqa Quvaytda tashkil etiladi. Maydon egalari ilk uchrashuvni Avstraliyaga qarshi o'tkazishadi. Quvayt so'ngra Iordaniya va Xitoy Taypeyi bilan kuch sinashadi. Aytish mumkinki, bu o'rinda Quvaytni ikkita qiyin bahs kutib turibdi. 


Tojikiston - 10 ochko (to'plar nisbati +1)

7 iyun. Yaponiya - Tojikiston

15 iyun. Tojikiston - Myanma

Yon qo'shnimiz Tojikiston 25 mart kuni Mo'g'ulistonga qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Buyog'iga tojiklarning ikkita o'yini qoldi. Aytish mumkinki, har ikkala bahs ham og'ir kechadi. Yaponiya - guruh favoriti, bunga shubha yo'q. Lekin Myanma birinchi davrada Tojikistonni 4:3 hisobida mag'lub etgandi. 

 

O'zbekiston - 9 ochko (to'plar nisbati +6)

7 iyun. O'zbekiston - Singapur

11 iyun. Yaman - O'zbekiston

15 iyun. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston

Bizning guruh haqida hali ko'p to'xtalamiz. Aytib o'tganimizdek, eng asosiysi dastlabki ikkita bellashuvni o'z foydamizga hal qilib olish. So'ngra Saudiya bilan o'yinda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. 


Malayziya - 9 ochko (to'plar nisbati +2)

3 iyun. BAA - Malayziya

11 iyun. Malayziya - Vetnam

15 iyun. Tailand - Malayziya

Malayziya ham keyingi bosqichga chiqishga harakat qilmoqda. Lekin bu jamoani uchta qiyin bellashuv kutib turibdi desa bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, imkoniyatlari juda kam. 


Bahrayn - 9 ochko (to'plar nisbati +2)

3 iyun. Bahrayn - Kambodja

7 iyun. Eron - Bahrayn

15 iyun. Bahrayn - Gonkong

Bahrayn termasi juda qiyin guruhdan joy olgan. Guruhda Iroq termasi peshqadamlik qilmoqda. 6 ochko to'plagan Eron esa uchinchi o'rinni egallab turibdi. SHu bois buyog'iga har bir bahs qiziqarli tus oladi. Aytgancha, keyingi o'yinlar Bahraynda bo'lib o'tadi. 


Janubiy Koreya - 8 ochko (to'plar nisbati +10)

3 iyun. Janubiy Koreya - Turkmaniston

7 iyun. Janubiy Koreya - KXDR

11 iyun. SHri Lanka - Janubiy Koreya

15 iyun. Janubiy Koreya - Livan

Janubiy Koreya ikkinchi o'rinda borayotgani bilan qolgan o'yinlarni o'z maydonida o'tkazadi. SHuningdek, bu jamoaning hali 4ta uchrashuvi bor. Bu degani koreyaliklar bemalol guruhda birinchi bo'lishi mumkin. Hozircha esa Turkmaniston peshqadamlik qilmoqda. 


Xitoy - 7 ochko (to'plar nisbati +11)

3 iyun. Xitoy - Maldiv

7 iyun. Xitoy - Filippin

11 iyun. Guam - Xitoy

15 iyun. Xitoy - Suriya

Guruh peshqadami Suriyada uchta o'yin qolgan, Xitoyda esa 4ta. SHu bois bu guruhda ham vaziyat har turdan so'ng o'zgarib ketishi mumkin. Saralash bahslari Xitoyda bo'lib o'tishini inobatga olsak, maydon egalarida imkoniyat yuqori bo'ladi. 

P.S. Ikkinchi o'rindagi jamoalar jadvali har turdan so'ng o'zgarishi mumkin. SHu bois ayni holatga ko'ra o'z taxminlarimizni keltirib o'tdik. Lekin biz xohlardikki, futbolchilarimiz qolgan 3ta o'yinning hammasini g'alaba bilan yakunlab, guruh peshqadami sifatida keyingi bosqichga yo'l olsak. SHunda matematik hisob-kitoblarga aslo o'rin qolmasdi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика