JCH saralash. Afrika. Ektor Kuper jamoasi ikki bor durang o'ynadi
07 sen 2021 21:48
Yangiliklar
JCH saralash. Afrika. Ektor Kuper jamoasi ikki bor durang o'ynadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper ayni paytda Afrikada faoliyat olib bormoqda.
Ushbu murabbiy boshqarayotgan Kongo DR terma jamoasi JCH saralash bahslarida hozircha ikkita o'yinda maydonga tushdi. Va ikkala bahs ham 1:1 hisobida yakun topdi. Kongoliklar dastlab uyda Tanzaniya, so'ngra safarda Benin bilan durang qayd etishdi.
Afrikada JCH saralash ikkinchi bosqich o'yinlariga start berildi. Jamoalar 10ta guruhga bo'lingan holda kurash olib boryapti. Musobaqa formatiga ko'ra, har bir guruhdan bittadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Kongo DR o'z guruhida 2 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. Ektor Kuper jamoasi keyingi ikkita turni uyda va safarda Madagaskarga qashi o'tkazadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar