So’nggi yangiliklar

10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  3 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  10 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2

JCH oldidan. Franciya-1938 Yangiliklar

JCH oldidan. Franciya-1938

Teglar :  Franciya-1938
JCH boshlanishiga ham oz vaqt qolmoqda. Biz o'tgan jahon chempionatlari haqida malumotlar bilan o'rtoqlashamiz.

1938 yilda milliy termalar ishtirokida hisob bo'yicha uchinchi jahon chempionati o'tkazildi. Turnir Franciyada o'tkazildi, unda ketma ket ikkinchi marta Italiya termasi chempionlikka erishdi.

SARALASH BOSQICHI

1938 yilgi JCHda qatnashish uchun 37 davlatning terma jamoalari ariza topshirishdi. Final bosqichida esa 16 terma uchun joy olib qo'yilgandi.
Ilk marta mezbon, amaldagi chempion avtomatik tarzda JCHga yo'llanma olishdi. Demak, Franciya va Italiya turnirga yo'llanma qo'lga kiritib bo'ldi. Qolgan 14 o'rin uchun saralash o'yinlari o'tkazildi.

O'z hududida fuqarolar urushi bo'layotgani uchun Ispaniya turnirda qatnasha olmadi. Qolgan 34 terma esa hudud principiga ko'ra, 12 guruhga bo'lindi. Saralashdan quyidagi termalar final bosqichiga yo'llanma olishdi:

1-guruhdan Germaniya, SHveciya
2-guruhdan Norvegiya
3-guruhdan Polsha
4-guruhdan Ruminiya
5-guruhdan SHveycariya
6-guruhdan Vengriya
7-guruhdan CHexoslovakiya
8-guruhdan Avstriya
9-guruhdan Gollandiya, Belgiya
10-guruhdan Braziliya
11-guruhdan Kuba

TURNIR

O'sha vaqtlarda Evropa biroz notinchroq edi. Ispaniyada fuqarolar urushi bo'layotgandi, Avstriya esa urush natijasida Germaniyaga qo'shilayotgandi. SHu boisdan turnirga yo'llanma olgan Avstriyaning joyi bo'sh qoldi. Ularning o'rniga Angliyaning ishtirokini taklif qilishdi. Biroq bu variant rad etildi.

Lotin Amerikadan esa Kuba va Braziliya termalari ishtirok etishdi. Ular esa turnirga o'zgacha ruh olib kira olishdi.

Ushbu turnirdagi uchrashuvlarda ilk marta yangicha dizayndagi, ustida iplari yo'q, ichi havo bilan to'ldirilgan to'plar foydalanildi. SHuningdek, ilk marta Braziliyada Evropadan radiotranslyaciyalar amalga oshirildi. O'sha vaqtlarda barcha Galyano Netoning sharxini eshitishgan.
JCH turniri olimpiya tizimida o'tkazildi. Germaniya kutilmaganda ilk raunddayoq musobaqa bilan xayrlashdi. Ular SHveycariyaga mag'lub bo'lishdi. 

Birinchi davraning boshqa bir uchrashuvida Braziliya va Polsha termalari o'zaro to'qnash kelishdi va futbol tarixidagi eng dramatik uchrashuvlardan birini o'tkazishdi. "Qora brilliant" laqabi bilan mashhur bo'lgan Leonidas xet-trikni qayd etgan bo'lsa, polshalik Ernest Vilimovskiy to'rt bora raqib darvozasini ishg'ol etdi. Yakuniy hisob 6:5, braziliyaliklar foydasiga. Italiya chorak finalda mezbon Franciya termasini mag'lubiyatga uchratdi.

1/8 final
SHveycariya - Germaniya 1:1
SHveciya - Avstriya +/-
Kuba - Ruminiya 3:3
CHexoslovakiya - Gollandiya 3:0
Franciya - Belgiya 3:1
Vengriya - Golland Ost-Indiyasi 6:0
Italiya qirolligi - Norvegiya 2:1
Braziliya - Polsha 6:5
Qayta o'yin
Kuba - Ruminiya 2:1
SHveycariya - Germaniya 4:2

1/4 final
Italiya qirolligi - Franciya 3:1
Vengriya - SHveycariya 2:0
SHveciya - Kuba 8:0
Braziliya - CHexoslovakiya 1:1
Qayta o'yin
Braziliya - CHexoslovakiya 2:1

1/2 final
Italiya qirolligi - Braziliya 2:1
Vengriya - SHveciya 5:1

3-o'rin uchun
Braziliya - SHveciya 4:2

Final
Italiya qirolligi - Vengriya 4:2

TO'PURARLAR

Leonidas (Braziliya) - 7
Dyula Jengeller (Vengriya) - 6
Dyord SHaroshi (Vengriya), Silvio Piola (Italiya) - 5
Jino Kolaussi (Italiya), Ernest Vilimovskiy (Polsha) - 4 gol

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика