JCH ishtirokchilari soni 48taga etsa FIFA qo'shimcha 640 mln dollar foyda ko'radi
26 dek 2016 08:01
Yangiliklar
JCH ishtirokchilari soni 48taga etsa FIFA qo'shimcha 640 mln dollar foyda ko'radi
FIFA Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48taga etkazish borasida ish olib bormoqda.
Tashkilot analitiklari 64 sahifali dokladda eng optimal variant sifatida 16ta guruhda 3tadan jamoani aytishmoqda. O'zgarishlar JCH-2026dan kuchga kirishi mumkin.
Pley-off bahslari 1/16 finaldan boshlanadi va 32 kun davomida 80ta o'yin o'tkaziladi.
Har bir o'yin alohida vaqtga qo'yiladi va uchrashuvlar bir-biriga xalal bermaydi. Agar JCH shunday formula bo'yicha o'tkazilsa mundial qo'shimcha 20% foyda keltiradi.
FIFA taxminlariga ko'ra foyda 640 million dollarga teng bo'ladi.
10 yanvar kuni Cyurixda FIFA azolari Jahon chempionati borasida ovoz berishadi.
Saytimizning Facebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia
Fikrlar