So’nggi yangiliklar

20:49Эрон чемпионати. "Истиқлол" мағлуб бўлди, Машарипов ва Кожо захирадан майдонга тушди  6 20:27ЎзПФЛ 4 клубнинг U21 жамоаси учун майдонини қабул қилмади, 1-турдаги 1 ўйин ўтказилмайди  3 20:02Рой Кин Бруну Фернандеш сардорлиги ҳақида: "У биз кутган сардор эмас, иқтидорли бўлишнинг ўзи камлик қилади"  1 19:32Ла Лига ҳакамларини танқид қилгани учун "Реал"га нисбатан иш очилди  10 19:18"Манчестер Сити" янги футболчи жамоа сафига келиб қўшилганини эълон қилди  0 18:41Себальос мушак жароҳати туфайли сафдан чиқди  1 16:43Дуайт Йорк: "31 ёшли Погба МЮнинг бутун ярим ҳимоясидан яхшироқ формада"  16 16:19"Бавария" фикридан қайтиб қолди  6 15:30Салах "Олтин тўп" ҳақида: "Баъзида ҳолатга ташқи таъсир бўлиши мумкин"  49 15:06Рубен Аморим: "МЮ футболчилари танқидни кўнглига яқин олиб юборяпти"  2 14:36Дрогба Моуриньо ҳақида: "Қанақасига менинг "отам" ирқчи бўлиши мумкин?"  8 12:45Вальдано: "Пулдорлар келиб, футбол анча ўзгарди"  1 12:17Артета: "Чемпионлик пойгасидаги вазият 3 ой аввал қандай бўлса, ўшандайлигича қолмоқда"  10 11:54"FourFourTwo" жаҳон футболидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди  21 11:33Салоҳ: "Мухлислар доим ёдда тутишини истардим, мен улар учун боримни бердим"  4

JCH-2022ning asosiy xitini oddiy muxlis o'ylab topgan. Endi uni hatto Messi ham kuylamoqda Yangiliklar

JCH-2022ning asosiy xitini oddiy muxlis o'ylab topgan. Endi uni hatto Messi ham kuylamoqda

Jahon chempionati-2022 ham o'z nihoyasiga etdi.

Jahon chempioni bo'lgan Argentina terma jamoasi o'yinida muxlislar kuylagan qo'shiq musobaqaning tom manodagi xit kompoziciyasiga aylandi. Biz ham stadionda bevosita Argentina o'yinlarini kuzatdik va bu haqiqatda ajoyib qo'shiq. Hatto, uning so'zlari manosini tushunmagan holatingizda ham u sizga yoqadi. Hamma muxlislar birga kuylashganda bu yanada jozibali chiqadi. Har bir g'alabadan keyin futbolchilar uni ishqibozlar bilan birga kuylashdi. SHu jumladan Messi ham. Qo'shiqda Argentina futboli tarixidagi ikki afsona Diego Maradona hamda Lionel Messining ismlari tilga olinadi.


Muxlislar va o'yinchilar unga maftun

Ko'plab katta turnirlarning o'z saundtreklari bor. Bu malum bir oyda mutlaq xitga aylanadigan va so'ngra ushbu kontekstdan tashqarida muvaffaqiyatga erishishda davom etadigan qo'shiq yoki kuy. Ular musobaqalar uchun maxsus yozilishi va 1998 yilgi JCHda Riki Martinning afsonaviy "The Cup of Life"dek rasmiy statusga erishishi mumkin yoki JARdagi JCH-2010da K'NAAN'ning ajoyib "Wavin' Flag"idek bo'lishi mumkin.

Yoki chorak asrdan so'ng o'zining ikkinchi hayotini boshdan kechirishi hech gap emas. Huddi o'tgan yozda 1996 yilgi ECH-1996 uchun yozilgan va ECH-2020da butun Angliya va muxlislari tomonidan kuylangan "Football's Coming Home" bilan bo'lgandek. Obraz shu qadar ajoyib bo'ldi-ki, hatto Leandro Bonuchchi finalda Italiyaning g'alabasidan so'ng kameraga: "It's coming to Rome" deb baqirgandi.

JCH-2022ning ham o'z saundtreki bor. Ammo, turnir uchun maxsus yozilgan qo'shiq mutlaqo mashhur bo'lmadi (JCH-2010da SHakiraning "Waka Waka"sidan so'ng bu bo'yicha FIFAda muammo bor), biz uni faqatgina Argentina terma jamoasi o'yinlarida eshitamiz. Ammo, Qatarga juda ko'p sonli "Albiseleste" muxlislari kelgani sabab biz uni balandroq ovozda va aniqroq tinglaymiz.

Gap La Mosca Tse-Tse ("Cece pashshasi") guruhining "Muchachos, Ahora Nos Volvimos a Ilusionar" kompoziciyasi haqida ketmoqda.



Argentina terma jamoasi o'yinida muxlislar bu qo'shiqni cheksiz kuylashadi. Nafaqat ular, balki futbolchilar va xodimlar ham uni doim aytishadi. Masalan, guruh bosqichidagi Meksikaga qarshi muhim g'alabadan so'ng kiyim almashtirish xonasida ham uni aytishdi >>>

Muchachos, Ahora Nos Volvimos a Ilusionar kembali terdengar di ruang ganti Argentina????

Yoki hatto Xorvatiya bilan yarim final so'nggi daqiqalarida tribunaga qo'shilgan zaxira o'rindig'idagilar ham >>>

Even the Argentina players on the bench are singing «Muchachos» with the fans in the stadium!! Incredible atmosphere again!


Hatto Lionel Messi ham mundial oldidan televizion intervyulardan birida eng sevimli kompoziciyasini so'rashganida ushbu qo'shiqni sevishini tan oldi. Bundan tashqari, argentinaliklar sardori hatto uni kameraga kuyladi va bu "Muchachos, Ahora Nos Volvimos A Ilusionar"ning virusdek tarqalishiga va yanada mashhur bo'lishiga yordam berdi.

Nomi "Yigitlar, biz yana orzu qilamiz" deb tarjima qilinadigan qo'shiq o'sha La osca guruhining 2003 yilda yozilgan "Muchachos, Esta Noche Me Emborracho" ("Ushbu kecha mast bo'laman") kompoziciyasining qayta ishlanganidir. Yangi matn Argentina terma jamoasi muxlisi Fernando Romero tomonidan 2021 yilning yozida "Albiseleste" uchun g'alabali Amerika Kubogida yozilgan. Qo'shiq muxlislar, umuman olganda mamlakatda tezda mashhur bo'ldi va 2022 yilgi JCH oldidan La Mosca uni yangi so'zlar bilan qayta tahrirladi va videoklip suratga oldi.


"Bu g'oyani menejerimiz Santyago Ruis olg'a surgan. Biz uni yozib oldik, so'ngra JCH boshlanishiga bir necha hafta qolganda Messini televizorda ko'rsatib, undan yoqtirgan qo'shig'ini so'rashdi. U "Muchachos" deb javob qaytardi va aytishni boshladi. Bilasizmi, bu Rimga kelib, Papaning yig'inida bo'lishdek edi", — deydi "La Mosca" solisti Gilermo Novellis "The Billboard"ga bergan intervyusida.

Qo'shiqning to'liq matni quyidagicha:

Men Argentinada, Diego va Lionelning yurtida tug'ildim,

Men hech qachon unutmaydigan Folklend bolasi,

Buni senga hech qachon tushuntirib berolmayman, buni baribir tushunmaysan.

Biz qancha finallarni yutqazdik, ko'p yillar yig'ladim,

Ammo, bu tugadi, sababi biz "Marakana"da g'alaba qozondik,

Ota buni yana qildi.


Yigitlar, bizda yana umid bor,

Uchinchisini yutishni istayman, jahon chempioni bo'lishni istayman,

Va Diego, biz uni osmonda ko'rishimiz mumkin.

U bilan La Tota* ham birga, biz Leoni quvontiramiz,

Va biz yana chempionlar bo'lamiz, yana chempionlar bo'lamiz.


La Tota — Diego Maradonaning onasi Dalma Salvador Frankoning taxallusi, uning mifologiyasidagi muhim figura va uni Argentinada Futbol onasi deyishadi.


"Yangi matn rostdan ham juda yaxshi. U bizning qayg'umiz, muvaffaqiyatlarimiz, imkoniyatlarimiz, Folklend orollari, yutqazilgan va g'alabaga erishilgan finallar haqida. Va albatta bizning yana Jahon chempioni bo'lishimizga bo'lgan umid haqida. Balki u shuning uchun ham futbolchilar va muxlislar orasida aks-sado bergandir", — deydi Novellis.

SHunday ekan, "Muchachos, Ahora Nos Volvimos a Ilusionar" butun Argentina musiqasi tarixidagi eng asosiy qo'shiqlardan biriga aylangani shubhasiz.



Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика