So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  28 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

"JCH-2022ga yaqin Avstraliya yana xorijlik murabbiyni olib kelsa ajablanmang" - "Eurosport" telekanali sharhlovchisi Yangiliklar

"JCH-2022ga yaqin Avstraliya yana xorijlik murabbiyni olib kelsa ajablanmang" - "Eurosport" telekanali sharhlovchisi

"Eurosport" telekanali sharhlovchisi Nikolay Saprin telegram-kanalida Osiyo qitasi futboli vakili Avstraliya termasi haqida qiziqarli post qoldirdi.

Quyida etiboringizga mutaxassis fikrlarining tarjimasini havola qilamiz. 

"Anchadan buyon Avstraliya termasiga ishqibozman – hamda JCH-2022 oldidan Sokkerus tarkibi yangilangan, ko'p narsa kutilayotgan va kuchli ko'rinishga kelishi mumkin. Qaysidir pallada, Avstraliya termasi avlodlar almashinuvini boshidan o'tkazayotganda, Ko'xna Qitada jiddiy darajada o'ynayotgan evropalik legionerlarning keskin uzoqlashishi yuz berdi. O'z o'rnida bu jamoaga xalqaro arenada eng yirik g'alabasini qo'lga kiritishda to'siq bo'la olmadi – gap aynan Avstraliya yashil maydonlarida o'tgan Osiyo Kubogi-2015 haqida ketmoqda. 

O'tgan besh yil davomida Daniel Arzani boshchiligida terma safida ko'plab yangi nomlarni ko'rish mumkin bo'ldi. Hozir esa umidli yoshlar bilan bir qatorda, o'z vaqtida yorqin kelajak vada qilingan, ammo katta futboldagi dastlabki davrida "soyada" qolgan va bugun etarlicha tajribaga ega futbolchilar guruhi mavjud. Ushbu video aynan ularning so'nggi muvaffaqiyatlari haqida. Angliyada Mett Rayan va Aaron Muy, ortiqcha tarifga hojat bo'lmasa kerak, "Brayton"ga APLda jon saqlashda katta yordam berishdi. 

Turkiyada ajoyib lateral Aziz Beich "Istanbul BB" safida ilk bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Tezkor va abjir vinger Aver Mabil 8 goli bilan "Midtolland"ning Daniya Superligasida eng yaxshi to'purari nomiga sazovor bo'ldi – so'nggi besh yilda uchinchi bor chempionlikni qo'lga kiritishda katta yordam berdi. Daniyaning boshqa bir vakili "Orxus" safida Mustafa Amini o'ynamoqda - yoshligi uni jahon futboli yulduzi sifatida ko'rishar va Dortmundning "Borussiya"siga ham taklif qilishgandi, ammo bir necha yil o'tib, omadi chopmagan futbolchi bilan nemislar xayrlashishga qaror qilgandi. Bu mavsum "Orxus" u bilan oxirgi 30 yildagi eng omadli mavsumini o'tkazdi hamda Daniyaning eng kuchli uch klubidan biri bo'lishni uddaladi.

Qo'shimchasiga osiyolik legionerlar ham "uyqudan uyg'onmoqda". Takidlash lozim, Avstraliyaning bunday legionerlari etarlicha topiladi. Edam Taggart – "Suvon" safida K-Liganing avvalgi mavsum to'purari. Bu mavsum starti biroz omadsiz bo'ldi, etti tur davomida u hech nishonni to'g'rilay olmadi, lekin keyin "pochka-pochka" gol ura boshladi. "Poxan Stilers" xavbeki Brendan O`Nil ham muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda – u to'pni olib qo'yish borasida K-Liga"ning eng yaxshilaridan hisoblanadi.  

Navbat, A-Ligadagi nomzodlarga etib keldi. Biroq qiziq jihati shundaki, ular turli poziciya vakillari hisoblanadi – bu esa Sokkerus anchayin stabillashgan tarkibga ega bo'lishiga umid beradi. Afsuski, hozircha bularning barchasini amalda, biror bir katta musobaqada – misol uchun, "Kopa Amerika"da tekshirib ko'rishning imkoni yo'q, Avstraliya bu yil ushbu turnirda ishtirok etishi kerak edi: boshqa tomondan bir yildan keyin bu imkoniyat yanada yaxshiroq, qulayroq bo'lishi ham mumkin. 

Lekin bir havotirli jihat: Grem Arnold qo'l ostida, hozirgi bosh murabbiy, Sokkerus o'ta akademik va juda oddiy o'yin ko'rsatmoqda. Bu erda murabbiylar shtabi vakillarining darajasi ham u qadar yuqori emas: JCHga chiqishlar – bu xorijlik murabbiylarning xizmati, so'nggi bor mamlakat bosh jamoasi JCHga olib chiqqan va undan avval Osiyo Kubogida zafar quchgan mahalliy murabbiy Ange Postekoglu, hozir Yaponiyada muvaffaqiyatli ish olib bormoqda (o'tgan yili "Yokogama FM" chempion qildi). 


Hozircha Arnold bir amallamoqda, lekin har bir o'tgan o'yindan keyin uning o'tirgan stuli qattiqroq qimirlayveradi. SHuning uchun JCH-2022ga yaqin Sokkerus bosh murabbiyi etib yana bir gollandiyalikni tayinlashsa ajablanmang", - deb yozadi Nikolay Saprin.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика