So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

JCH-2022. Senegal Niderlandiya qarshisida ojiz qoldi Yangiliklar

JCH-2022. Senegal Niderlandiya qarshisida ojiz qoldi

Jahon chempionatining 1-turidan o'rin olgan Niderlandiya va Senegal o'rtasidagi bahsning matnli translyaciyasini shu erda o'qishingiz mumkin.

Senegal 0:2 Niderlandiya

21 noyabr 2022 yil. "El Tumam" stadioni. 21:00

Bosh hakam: Vilton Sampayo (Braziliya)

Gollar: Gakpo, Klasson

Senegal: Eduard Mendi, Abdu Diallo (Ismail Yakobs), Pap Abu Sisse, Kalidu Kulibali, Yussuf Sabali, SHeyxu Kuyate (Pap Geye), Idrissa Geye, Nampali Mendi, Ismaila Sarr, Bulaye Dia (Bamba Deng), Krepin Diatta (Nikolas Djekson).

Zaxira: Alfred Gomis, Seni Deng, Formoz Mendi, Mussa Ndiaye, Mustafa Neym, Pate Siss, Mamadu Lum, Pap Matar Sarr, Iliman Ndiay, Famara Dedyu (Bosh murabbiy: Aliu Sisse)

Niderlandiya: Andris Noppert, Natan Ake, Virdjil van Deyk, Matteys de Ligt, Deyli Blind, Frenki de Yong, Kodi Gakpo (Marten de Roon), Steven Bergxeys (Davi Klassen), Denzel Dumfris, Stiven Bergveyn, Vinsent Yanssen (Memfis Depay, 62)

Zaxira: Remko Pasver, Djastin Beylo, Stefan de Vrey, Yurren Timber, Tayrell Malasia, Djeremi Frimpong, Teun Koopmeyners, Kennet Teylor, Xavi Simons, Noa Lang, Lyuk de Yong, Vut Vegxorst (bosh murabbiy: Lui van Gal)

Ogohlantirishlar: de Ligt (56), N. Mendi (90+4)

SAHIFANI YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Niderlandiya muxlislarini dastlabki g'alaba bilan tabriklaymiz. 

90+9. Goooool! Zaxiradan tushgan Klasson o'yin taqdirini hal qildi — 2:0.

90+4. Nampalis Mendi ogohlantirildi.

90+3. Gakponing o'rniga De Roon tushurildi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 8 daqiqa qo'shib berildi.

85. Eslatib o'tamiz, gollandlar 8 yillik tanaffusdan keyin mundialda qatnashishyapti.

84. Gooooool! Gakpo niderlandlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Frenkidan ajoyib pas!

82. Senegaldan navbatdagi hujum. Forvardning bosh bilan bergan zarbasi noaniq.

75. Tashabbus to'liq afrikaliklar tomonida.

74. Senegalda 2ta o'zgarish. Jarohatlangan SHeyxu Kuyate hamda Diatta o'yindan olindi. Ularning o'rniga Pap Geye hamda Nikolas Jeson tushdi.

73. Uxx! Noppertdan ajoyib seyv. U Guyening kuchli zarbasini bartaraf qildi. 

70. Senegalda yana bir jarohat. SHeyxu Kuyate o'yinni davom ettirolmaydi.

68. Afrikaliklarning qarshi hujumi zarbagacha etib bormadi.

65. Dia van Deykdan o'tib, to'pni darvozaga tepdi. Darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi.

64. Senegalda jarohatlangan Abdu Diallo o'rniga Ismail Yakobs maydonga chiqarildi.

62. Niderlandlarda o'zgarish: Memfis Depay Vinsent Yanssenni almashtirdi.

56. Dastlabki sariq kartochka de Ligtga ko'rsatildi. U Ismalia Sarrga nisbatan qo'pol o'ynagan edi.

51. Kalidu Kulibali Bergveynning oyog'iga tepdi. Hakam ogohlantirishni xohlamadi.

48. Lui van Gal shogirdlari navbatdagi burchak zarbasidan foydalana olmadi.

46. Ikkinchi taymga start berildi. G'olibni aniqlash uchun 45 daqiqamiz bor.

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!

45. To'xtalishlarni qoplash maqsadida 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Niderlandiya navbatdagi "korner"dan foydalana olmadi.

41. De Ligt Sarrning oyog'iga tepdi. Senegal terma jamoasi standart vaziyatga ega bo'ldi.

37. De Yong chap qanotda paydo bo'lib, jarima maydoni ichida uzatmani amalga oshirdi. Raqib himoyachilari faol o'ynashdi.

27. Burchakdan uzatilgan to'pga van Deyk zarba berdi. Noaniq.

24. Mendi havolatib uzatilgan yana bir to'pni ilib oldi.

19. De Yong darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo cho'zib yuborgani bois, epizod boy berildi.

17. Deyli Blindning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

14. Hozircha tashabbus "qora qita" vakillari tomonida.

10. Dyumfrisning uzatmasini Eduard Mendi egallab oldi.

9. Sarrning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

7. De Ligt maydon markazida o'yin qoidasini buzdi.

4. Niderlandiyada juda xafvli hujum. Gakpo uzatgan to'pni jamoadoshi bo'sh qolgan darvozaga kirgaza olmadi.

2. Dastlabki hujum Senegalda. Bulaye Dianing zabasidan keyin afrikaliklar "korner"ga ega bo'lishdi.

1. Uchrashuvga start berildi! To'pni "ko'hna qita" vakillari o'yinga kiritishdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Madhiyalar tinglanmoqda.

Senegal

World Cup Grp. A . 1-tur

21/11/2022, 21:00

2
:
0
Tugadi

Netherlands

Cody Gakpo - 84', Davy Klaassen - 90'

Stadion: Al Thumama Stadium, 41721 tomoshabin

Bosh hakam: Wilton Sampaio

45'
90'
62'  Abdou Diallo (Ismail Jakobs)
69'  Boulaye Dia (Ahmadou Bamba Dieng)
73'  Cheikhou Kouyate (Pape Gueye)
73'  Krepin Diatta (Nicolas Jackson)
90'  Nampalys Mendy
90'  Idrissa Gana Gueye
56'  Matthijs de Ligt
62'  Vincent Janssen (Memphis Depay)
79'  Steven Bergwijn (Davy Klaassen)
79'  Steven Berghuis (Teun Koopmeiners)
84'  Cody Gakpo
84'  Frenkie de Jong
90'  Cody Gakpo (Marten de Roon)
90'  Davy Klaassen

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика