JCH-2022 saralashi. Singapur bosh murabbiyi: "Falastinning qarshi hujumlari juda xavfli"
09 sen 2019 12:35
Yangiliklar
JCH-2022 saralashi. Singapur bosh murabbiyi: "Falastinning qarshi hujumlari juda xavfli"
O'yindan oldingi matbuot anjumanida Singapur ustozi Tatsuma Yoshida va hujumchi Ehson Fandi Ahmad ishtirok etdi. Bu haqda Singapur FA rasmiy sayti xabar berdi.
Tatsuma Yoshida: "Falastin yaxshi tashkil etilgan jamoa va uning qarshi hujumlari juda xavfli. Ulardan ehtiyot bo'lishimiz kerak. Yaman bilan bahsda bizda to'p bilan muomala qilishda va zarbalar bo'yicha ustunlikka erishgandik, ammo g'alaba qozona olmadik. O'yinni yaxshilashimiz kerak. Falastin bilan o'yinda 90 daqiqa davomida, yigitlarga ishonaman".
Ehson Fandi Ahmad: "Ertaga g'alaba qozonishni istasak vaziyatlardan foydalanishimiz kerak. Singapur terma jamoasining asosiy hujumchisi sifatida menda bosim bor, ammo o'z ishimni sevaman, gol urishni sevaman. Imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz kerak".
Fikrlar