So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  2 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  9 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  4 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

JCH-2022 saralash. Yaman bilan durangdan g'azablangan Erve Renar tarkibda beshta o'zgarishni amalga oshirdi Yangiliklar

JCH-2022 saralash. Yaman bilan durangdan g'azablangan Erve Renar tarkibda beshta o'zgarishni amalga oshirdi

Xabaringiz bor, Saudiya Arabistoni terma jamoasi JCH saralash bosqichida biz bilan bitta guruhda joy olgan.

Saudiyaliklar birinchi o'yinda Yaman bilan 2:2 o'ynashdi. Bu esa tabiiyki yangi bosh murabbiyi Erve Renarning jahlini chiqardi. CHunki ko'pchilik Saudiya Arabistonidan g'alaba kutgandi. 

Natijada franciyalik murabbiy shu oyda bo'lib o'tadigan ikkita o'yinga Yamanga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlagan besh nafar futbolchini chaqirmadi. Bular - Abdulloh Al Mayuf, Hamdan Al SHamrani, Omar Xavsavi, Xolid Al Sumayri va Salim Al Dovsari. 

Terma jamoaga chaqirilmasligidan xabar topgan Omar Xavsavi faoliyatini yakunlashga qaror qildi va buni Tvitter sahifasi orqali malum qildi. "Men terma jamoada o'tkazgan vaqtimni doim g'urur bilan yodga olaman", deb yozib qoldirdi. Malumot uchun, Omar Xavsavi ikkita Osiyo Kubogi, shuningdek o'tgan yil Rossiyada o'tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etgan. 

Saudiya Arabistoni terma jamoasi 10 oktyabr kuni o'z maydonida Singapurni qabul qilsa, 15 oktyabrda Falastin mehmoni bo'ladi. 

Yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati: 

Darvozabonlar - Muhammad Al Ovais, Favaz Al Qarni, Amiin Boxari. 

Himoyachilar - Ali Al Bulaihi, Abdulloh Madu, Ziyad Al Sahafi, Saud Abdulhamid, Yosir Al SHahrani, Hassan Tombakti, Muhammad Al Breyk, Abdulloh Al SHamex, Ali Lajami.

Yarim himoyachilar - Salman Al Faraj, Abdurahmon Al Dosari, Abdulloh Al Xaybari, Hattan Bahebri, Abdulfattoh Asiri, Abdulaziz Al Bishi, Abdulloh Otayf, Yahyo Al SHehri, Abdulloh Al Melki. 

Hujumchilar - Firas Al Buraykan, Abdulloh Al Hamdan, Xarun Kamara.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика