So’nggi yangiliklar

22:30АПЛ. "Арсенал" Райснинг голи туфали "Ньюкасл"ни мағлуб этди  0 22:25"Қизилқум" — "Пахтакор" 0:1 ( Матнли трансляция)   42 22:20Мирко Еличич: "Мен ишлаган "Локомотив" билан ҳозиргисининг фарқи жуда катта"   0 22:18Суперлига. "Хоразм"нинг 6 ўйинлик ғалабасиз серияси "Машъал" билан баҳсда якунланди  6 21:52Бизда ҳам пляж футболи бўладими?  3 21:38Фарҳод Нишонов: "Бизга вазиятларни якунлашда тажриба ва совуққонлик етишмаяпти"  0 21:20"Барселона", "Реал" ва "Атлетико" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  7 21:12Сергей Лебедев: "Вазиятлар яратдик, бироқ тўп дарвозага кирмади"  0 21:11Суперлига. Пенальти қайта тепилган, гол ҳисобланмаган ва қизил карточка бекор қилинган ўйинда "Навбаҳор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  79 21:00Про лига. "Олимпик MobiUz" ва "Локомотив"да ғалаба, "Арал" ва "Жайхун" ўзаро дуранг ўйнади  0 20:51Алишер Узоқов, DiliMe, Меҳриддин Раҳматов, "Сариқ бола", Исроил Мадримов, Даврон Файзиев ва бошқалар. "Like Cup" юлдузлар футбол турнирига қуръа ташланди  2 20:44РПЛ. "Акрон" 90+1 дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб "Динамо"га мағлуб бўлди, Эсанов 90 дақиқа ҳаракат қилди  8 20:40ҚПЛ. "Турон" меҳмонда минимал ҳисобда "Қайсар"га мағлуб бўлди, жамоа сафида тўрт нафар ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 20:37Туркия Суперлигаси. Алиқулов ва Турғунбоев жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 18:46Хаби Алонсо "Реал" юлдузига чиқиш эшигини кўрсатди  10

JCH-2022 saralash. 3-turdan keyin barcha guruhlardagi vaziyat Yangiliklar

JCH-2022 saralash. 3-turdan keyin barcha guruhlardagi vaziyat

Kecha, 10 oktyabr kuni JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund 3-tur bahslari o'tkazildi.

Quvonarlisi, O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi turni yirik g'alaba bilan yakunladi. "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tgan bahsda Yaman termasi 5:0 hisobida dog'da qoldirildi. Yigitlarga ajoyib o'yin uchun rahmat aytgan holda quyida boshqa guruhlardagi vaziyatga to'xtalib o'tamiz. 


"A" guruhi - Xitoy, Suriya, Filippin, Maldiv, Guam. 

O'z maydonida Guamni qabul qilgan Xitoy raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. O'yinda Vuy Ley bilan Elkeson o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'ygan bo'lsa, Yang Ksu 4ta gol urdi. Suriya esa Omar Al Somaning 2ta goli evaziga Maldivni mag'lub etdi. 

3-tur. 10 oktyabr

Xitoy - Guam 7:0 (39,987 tomoshabin) 

Suriya – Maldiv 2:1 (5,500 tomoshabin)

4-tur. 15 oktyabr

Filippin - Xitoy; Suriya - Guam


"B" guruhi - Avstraliya, Iordaniya, Xitoy Taypeyi, Quvayt, Nepal. 

Iordaniya - Quvayt bahsida hisob ochilmadi. Avstraliya esa Nepal darvozasiga javobsiz beshta to'p kiritdi. Jeymi Maklaren o'z hisobiga xet-trik yozib qo'ydi. Guruhda kutilganidek Avstraliya peshqadamlik qilyapti. 

3-tur. 10 oktyabr

Avstraliya - Nepal 5:0 (18,563 tomoshabin)

Iordaniya – Quvayt 0:0 (10,720 tomoshabin)

4-tur. 15 oktyabr

Xitoy Taypeyi - Avstraliya; Iordaniya - Nepal


"C" guruhi - Eron, Iroq, Bahrayn, Gonkong, Kambodja. 

Eron "Ozodi" stadionida Kambodjani "yanchib" tashladi. Maydon egalari javobsiz 14ta gol urishdi. Uchrashuvda Karim Ansarifad to'rtta, Sardor Azmun uchta to'p kiritdi. Iroq esa Basrada Gonkongni 2:0 hisobida mag'lub etdi. 

3-tur. 10 oktyabr

Eron - Kambodja 14:0 (15,823 tomoshabin) 

Iroq – Gonkong 2:0 (32,340 tomoshabin)

4-tur. 15 oktyabr

Kambodja - Iroq; Bahrayn - Eron

 

"D" guruhi - Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Falastin, Yaman, Singapur. 

O'zbekiston MTJ Yamanni yirik hisobda mag'lub etdi. Kecha "Paxtakor" markaziy stadioniga kelganlar chiroyli o'yin guvohi bo'lishdi. Guruhimizdagi ikkinchi o'yinda Saudiya Arabistoni Singapurga imkoniyat qoldirmadi. 

3-tur. 10 oktyabr

O'zbekiston – Yaman 5:0 (28,571 tomoshabin)

Saudiya Arabistoni - Singapur 3:0 (14,560 tomoshabin)

4-tur. 15 oktyabr

Singapur - O'zbekiston; Falastin - Saudiya Arabistoni

  

"E" guruhi - Bangladesh, Ummon, Hindiston, Afg'oniston, Qatar. 

Amaldagi Osiyo chempioni avvalgi turda Hindiston bilan 0:0 o'ynagandi. Bu safar Bangladeshni 2:0 hisobida mag'lub etib qaytdi. Ummon esa o'z maydonida Afg'onistonga imkoniyat qoldirmadi. 

3-tur. 10 oktyabr. 

Bangladesh - Qatar 0:2 (24,570 tomoshabin)

Ummon – Afg'oniston 3:0 (10,000 tomoshabin)

4-tur. 15 oktyabr

Hindiston - Bangladesh; Qatar - Ummon 


"F" guruhi - Yaponiya, Qirg'iziston, Tojikiston, Myanma, Mo'g'uliston.

Yon qo'shnimiz Qirg'iziston ham kecha yirik yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi. Aleksandr Krestinin shogirdlari Myanma darvozasini etti bor ishg'ol qilishdi. Yaponiya esa Mo'g'ulistonni yirik hisobda mag'lub etdi. 

3-tur, 10 oktyabr. 

Yaponiya - Mo'g'uliston 6:0 (43,122 tomoshabin) 

Qirg'iziston – Myanma 7:0 (13,000 tomoshabin)

4-tur. 15 oktyabr

Mo'g'uliston - Qirg'iziston; Tojikiston - Yaponiya 

  

"G" guruhi - BAA, Vetnam, Tailand, Malayziya, Indoneziya. 

BAA Indoneziyani mag'lub etgan o'yinda Ali Mabxut uchta gol urdi. Vetnam esa qiyinchilik bilan Malayziyadan ustun keldi. Guruhda BAA peshqadamlik qilyapti, lekin ikkinchi o'rin uchun kurash juda qizg'in kechmoqda. 

3-tur, 10 oktyabr.

BAA - Indoneziya 5:0 (6,678 tomoshabin)

Vetnam – Malayziya 1:0 (38,256 tomoshabin)

4-tur. 15 oktyabr

Indoneziya - Vetnam; Tailand - BAA

 

"H" guruhi - Janubiy Koreya, Livan, KXDR, Turkmaniston, SHri Lanka. 

Kutilganidek Janubiy Koreya SHri Lankani yirik hisobda mag'lub etdi. O'yinda Kim SHin Vuk to'rtta, Son Xyong Min esa ikkita gol urdi. Turkmaniston safarda Livanga yutqazib qo'ydi. 

3-tur. 10 oktyabr

Janubiy Koreya - SHri Lanka 8:0 (23,522 tomoshabin)

Livan – Turkmaniston 2:1 (7,820 tomoshabin)

4-tur. 15 oktyabr

KXDR - Janubiy Koreya; SHri Lanka - Livan 


P.S. Saralash bosqichida 40ta jamoa qatnashyapti. Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruh g'olibi (8ta) va eng yaxshi 4ta ikkinchi o'rin egasi (jami 12ta jamoa) keyingi bosqichga yo'l oladi. 3-turdan so'ng ikkinchi o'rinda borayotgan Suriya, Ummon, KXDR va Tojikiston eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turishibdi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика