So’nggi yangiliklar

18:30Тухель АПЛ ва Ла Лига ўртасида танлов қилди  0 18:01Ўзбекистон Кубоги. 2-тур баҳсли вазиятлари юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  9 17:41"Бобур Арена"нинг айрим секторлари ёпилиши маълум қилинди. Бунга нима сабаб бўлди?  18 17:22Франция Евро-2024'да Команнинг хизматларидан фойдалана олмайди  0 16:53УEФА миллий терма жамоаларнинг Евро-2024 учун қайдномаларини кенгайтиради  2 16:25"Тоттенхэм" ҳимоячиси Европа чемпионатини ўтказиб юборади  3 16:21Ривожланиш Кубоги. Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Тожикистонга қарши таркиби маълум  4 15:59Манба: "Бавария" ва "Барса" қизиқиш билдирган Унаи Эмери "Астон Вилла" билан ҳамкорликни давом эттиради  4 15:31"Барселона" ярим ҳимоячиси мавсум охиригача сафдан чиқди  3 15:05Ироқ ОТЖ бош мураббийи: "Чорак финалда осон рақиб бўлмайди, бироқ энг муҳими, бор кучимизни ишга солиш"  5 14:59МЮ ва "Челси" собиқ футболчилари АПЛ Шон-шараф залига киритилди  1 14:30Ўзбекистон U-23 термасининг Вьетнамга қарши тахминий таркиби билан танишинг  13 14:15Саудия Арабистони ОТЖ бош мураббийи: "Икки йил аввалги мусобақада Вьетнамни ҳам, Ўзбекистонни ҳам мағлуб этганмиз. Эътиборингиз учун раҳмат"  31 13:59Рэтклифф Тухель билан музокаралар ўтказди  5 13:31"Бавария" форварди мавсум охирида жамоадан кетади  0

JCH-2022. Franciya Polshani mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi Yangiliklar

JCH-2022. Franciya Polshani mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi

Teglar :  PolshaFranciya
JCH-2022ning 1/8 finalidan o'rin olgan Franciya - Polsha uchrashuvi yakunlandi.

O'yinda Franciya 3:1 hisobida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi. Francuzlarning chorak finaldagi raqibi Angliya - Senegal uchrashuvidan so'ng aniq bo'ladi. 

Franciya - Polsha 3:1 

4 dekabr, 20.00, "al-Tumama stadioni"
Gollar:
Jiru 44, Mbappe 74, 90 - Levandovski 90+9.

Franciya – Loris, Kunde, Varan, Upamekano, Ernandes, Disasi, Rabo, Tchuameni (Fofana, 66), Jiru (Tyuram, 76), Grizmann, Dembele (Koman, 76), Mbappe.

Polsha – SHchensny, Kesh, Glik, Kiver (Bednarek, 87), Bereshinski, Kaminski (Zalevski, 71), Frankovski (Grosicki, 87), Kryxovyak (Belik, 71), Zelinski, SHimanski (Milik, 64), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Tchuameni (31), Bereshinski (47), Kesh (88).

England

Jordan Henderson - 38', Harry Kane - 45', Bukayo Saka - 57'

World Cup Final Stage . 1/8-tur

04/12/2022, 23:00

0
:
3
Tugadi

Senegal

Stadion: Al Bayt Stadium, 65985 tomoshabin

Bosh hakam: Ivan Barton

45'
90'
38'  Jordan Henderson
38'  Jude Bellingham
45'  Harry Kane
45'  Phil Foden
57'  Bukayo Saka
57'  Phil Foden
65'  Phil Foden (Jack Grealish)
65'  Bukayo Saka (Marcus Rashford)
76'  Jude Bellingham (Mason Mount)
76'  John Stones (Eric Dier)
82'  Jordan Henderson (Kalvin Phillips)
46'  Krepin Diatta (Pape Sarr)
46'  Iliman Ndiaye (Ahmadou Bamba Dieng)
46'  Pathe Ciss (Pape Gueye)
72'  Boulaye Dia (Famara Diedhiou)
76'  Kalidou Koulibaly
84'  Ismail Jakobs (Fode Ballo-Toure)


Matnli translyaciya


90+10. O'YIN TUGADI! Franciya chorak finalda!


90+9. Ana endi gol! Levandovski!


90+9. Darvozabon qoidani buzgan ekan. Penalti qayta tepiladi. 


90+8. Levandovskiiiii! Penaltidan foydalana olmadi! 


90+6. Polsha penalti tepadi. Upamekano o'yin qoidasini buzdi. Hakam VARni ko'rgach, penalti belgiladi. 


90+4. Milikdan qarshi uslubidagi zarbaaaa! To'p to'singa tegib chiqib ketdi. 


90+2. Kyunde o'rniga Disasi maydonga tushdi. 


90. GOOOOL!!!! Yana Mbapppeeee! Tyuramning oshirib bergan to'pini Mbappe o'ng oyoqda aylantirgan holda golga aylantirdi! Nokaut! 3:0!


88. Kesh Tyuramga qarshi o'yin qoidasini buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi. 


87. Polshada so'nggi ikkita o'zgarish: Kivior va Frankovski o'rniga Bednarek hamda Grosicki o'yinni tugatib qo'yadi. 


84. 40989 nafar muxlis stadiondan uchrashuvni kuzatayotgani elon qilindi. 


81. Darvoqe, Mbappe uchun bu mazkur JCHdagi 4-gol edi. Bu orqali Kilian to'purarlar ro'yxatida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 


80. Franciya ikkinchi goldan so'ng hotirjamlik bilan to'pni ushlab turibdi. 


77. Franciyada ikkita o'zgarish: Dembele va Jiru maydonni tark etdi. Koman va Tyuram uchrashuvni yakunlab qo'yadi. 


74. GOOOOOLL! MBAPPEEE!! U o'ng oyoqda darvozabonning yaqin burchagiga to'pni joylab qo'ydi! Unga to'pni Usman Dembele etkazib bergandi. 2:0!


71. Krixovyak va Kaminski o'rniga, Belik va Zalevski o'yinga tushirildi. Polsha hujumni kuchaytirmoqchi. 


70. Polshaliklar Mbappega qarshi juda yaxshi harakat qilishyapti. 


66. Franciyada ham o'zgarish. CHuameni o'rniga Fofana maydonga tushdi. 


66. Ushbu o'yinga oid yana bir xabar: Loris Franciya terma jamoasi safidagi o'yinlar soni bo'yicha rekordni takrorladi


64. Polshada o'zgarish. SHimanski o'rniga Milik maydonga tushdi. 


64. Mbappe penalti ishlagisi keldi va yiqilib tushdi. Hakam offsayd qayd etdi. 


63. Mbappedan juda juda noaniq zarba.


60. Telegramdagi kanalimizda yangilik ko'rib qoldim: Polsha darvozasini ishg'ol qilgan Olive Jiru Franciya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib oldi - 52ta gol. Oldingi to'purar Terri Anri hisobida 51ta gol bor edi. 


57. SHensni bilan to'qnashuv. U o'z jamoadoshi va raqib futbolchisi bilan to'qnashdi. Qaytgan to'pni Jiru qaychi uslubida raqib darvozasiga kiritdi. Ammo bungacha hakam hushtak chalib bo'lgandi. 


56. Mbapppeeeee! Uning bergan zarbasi rikoshet sabab maydondan tashqariga chiqib ketdi. Xavfli zarba bo'lgandi! 


52. Polsha ayni daqiqalarda to'p nazoratini ushlab turibdi. Franciya esa qarshi hujumdan imkoniyat izlayotgandek. 


48. Anzuan Grizmanning zarbasini SHensni qaytarib yubordi. 


47. Berezinski Dembeleni qo'pol ravishda to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Polsha boshlab berdi. 


Tanaffus!


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!


45+1. Polsha qo'shimcha daqiqalarda hujum uyushtirdi. Ammo Loris to'pni ushlab oldi. 


45. Hakam 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 


44. GOOOOL!!!! JIRUUUU! Mbappening etkazib bergan to'pini Jiru chap oyoq zarbasi bilan golga aylantirmoqda! 1:0!


42. Franciyalik futbolchi Kunde maydonga bo'yniga zanjir osib olgan holda maydonga tushgan. Bu odatda FIFA tomonidan taqiqlanadi. Hakam ushbu zanjirni bo'ynidan echib tashlash lozimligini talab qildi. SHu sabab o'yinda qisqa tanaffus yuzaga keldi. 


38. Polshaaaaaa! Bir hujumda bir necha zarba! Loris va ikki himoyachi! Uchta zarba bartaraf etildi. Sal qolishiga sal qoldi. 


35. Mbappe chap qanotdan reyd qildi. Uning zarbasini darvozabon qaytarib yubordi. 


33. Levandovskining jarimadan bergan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. 


31. CHuameni raqib futbolchisiga qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi. Polsha raqib darvozasiga yaqin joydan jarima to'pi tepadi. 


29. Xavfli vaziyattttt! Dembelening chap qanotdan oshirgan to'pini Jiru golga aylantira olmadi. Ajoyib imkoniyat boy berildi. 


26. Polsha faollashmoqda. Levandovski jamoadoshlari ham oldinga o'tishmoqda. 


22. Bu safar Kunde uzoqdan kuchli zarba yo'lladi. Darvozabon esa o'z o'rnida!


17. Dembelening chap oyoqda bergan zarbasini SHensni ushlab oldi. 


15. Bu vaqtga kelib Franciya 4 ta burchak zarbasini amalga oshirishga ulgurdi. 


12. Uzoqdan berilgan zarbaaaa va SHensnidan seyvvvvv!


9. Franciyadan navbatdagi hujum. Mbappe chap qanotdan to'p oshirdi. Polshalik himoyachi boshi bilan to'pni qaytarib yubordi. 


6. Polsha raqib darvozasi tomonda kichik bosim uyushtirdi.


5. Dastlabki daqiqalarda Franciya ancha faol. O'yin favoritlari ketma-ket hujumlar uyushtirishmoqda. 


4. Burchakdan oshirilgan zarba Varanning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.  


2. Antuan Grizmann jarima zarbasidan to'pni jarima maydonchasiga uzatib bermoqchi bo'ldi. Ammo to'p juda balanddan o'tib ketdi. 


1. BOSHLADIK!


-Davlatlar madhiyalari yangramoqda. 


-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Franciya va Polsha jamoalari o'rtasida 1/8 final uchrashuvi boshlanmoqda. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика