Loris Fransiya terma jamoasi safidagi o'yinlar soni bo'yicha rekordni takrorladi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2022, 20:48
Darvozabon Ugo Loris Fransiya terma jamoasi safidagi o'yinlari soni bo'yicha rekordni takrorlashga muvaffaq bo'ldi.

"Tottenxem" sharafini himoya qilayotgan posbon Polshaga qarshi JCH-2022 nimchorak final o'yinini asosiy tarkibda boshladi. Bu uning terma jamoa safidagi 142-o'yini. Lilan Tyuramda ham shuncha bahs mavjud.

Shu bilan birga Loris JCHdagi uchrashuvlar soni bo'yicha (17ta) yetakchilar - Terri Anri va Faben Bartezga yetib oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports