So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

⚡️ JCH-2022. “Championat.asia” saytining 30 ga yaqin xodimi mundial oldidan o'z taxminlarini bildirishdi (+reyting) Yangiliklar

⚡️ JCH-2022. “Championat.asia” saytining 30 ga yaqin xodimi mundial oldidan o'z taxminlarini bildirishdi (+reyting)

Bugun, 20 noyabr kuni Qatarda hisob bo'yicha 22-Jahon chempionati start oladi.

“Futbol bayrami” oldidan saytimiz xodimlari bo'lajak mundial favoritlari va qaysi termaga muxlislik qilishlari borasida fikr bildirishdi.

Abror Imomxo'jaev

CHempion: Argentina

Muxlislik: Argentina, Portugaliya

"Men har doim, tarkibi kuchli bo'lgan lekin omadi kelmayotgan jamoalarga muxlislik qilganman. Avvallari bular Ispaniya va Angliya terma jamoalari bo'lishgan. Ispaniya 2010 Jahon, 2008 va 2012 yil Evropa chempioni bo'lgach, omadsizlar safidan chiqarildi. Angliya 2020 yil Evropa vice-chempioni bo'ldi, lekin hozirgi tarkibi bilan undan ortig'iga sazovar emas. Alan SHirer, Devid Bekxem, Maykl Ouen, Ueyn Runi, Stiven Jerrard, Frenk Lempardlar avlodi sovrin yutishini xohlagandim. Bu yil ham 2 buyuk o'yinchilardan biri - Lionel Messi yoki Krishtian Ronaldu sovrin yutishini xohlayman va aynan ularga muxlislik qilaman. Ochig'i, Portugaliyada imkoniyat kam. SHu bois ham, Messi futboldan ketar chog'ida jahon chempionligiga ega bo'lishini juda xohlardim va shu bois ham Argentinaga muxlislik qilaman va aynan ular chempion bo'ladi deb o'ylayman...".

Aziz Nuriy

CHempion: Braziliya

Muxlislik: Braziliya

"1994 yilgi JCHdan buyon Braziliyaga muxlisman. Bu yil ularning navbati keldi chempionlikka".

SHahboz Beg'amov

CHempion: Ispaniya, Germaniya

"Ko'pchilik favoritlari qatorida Franciya, Argentina va Braziliyani gapiryapti. Menimcha, Ispaniya yoki Germaniya chempionga aylanadi. CHunki bu ikki terma jamoaviy o'yinga tayanadi. Jahon chempionatini alohida nomlar yutadigan davrlar o'tib ketgan. Zamonaviy futbolda hozir buning imkoni minimal darajaga tushgan. Menimcha, Ispaniya yoki Germaniya chempion bo'ladi".

Muxlislik: Germaniya

"Men doimgidek faqat va faqat Germaniyaga muxlislik qilaman. Futbol nuqtai nazaridan Serbiya, Saudiya Arabistoni, Eron va Yaponiyani o'yinlarini katta qiziqish bilan ko'raman".

SHerzod Nurmatov

CHempion: Braziliya, Franciya, Germaniya, Argentina

"Braziliya, Franciya, Germaniya va Argentinada imkoniyat yuqori. Aynan shu terma jamoalar chempionlik uchun favorit".

Muxlislik: Germaniya

"2006 yilgi JCHdan buyon Germaniya termasiga muxlislik qilib kelaman. Bu safar ham albatta shunday bo'ladi".

Gayrat Xasbiullin

CHempion: Argentina

Muxlislik: Ekvador

Kamoliddin Alimov

CHempion: Braziliya, Argentina

"Janubiy Amerika qitasidan bo'lsa kerak deb o'ylayapman. Braziliya yoki Argentina".

Muxlislik: Argentina

"Argentina terma jamoasiga muxlislik qilaman. Bunga faqat Leo Messi sabab emas".

Nodirxo'ja Yuldashev

CHempion: Argentina

Muxlislik: Argentina, Braziliya

"Qatarning o'yinlarini qiziqish bilan tomosha qilaman. CHunki, 6 oy davomida ular bitta jamoa sifatida tayyorgarlik ko'rishdi. Hamma klublardagi futbolchilarni yig'ib olib, milliy chempionatga qo'yib yuborishmadi. SHu tufayli, men uchun Qatarning o'yinlari qiziq bo'ladi.

Muxlislik qiladigan jamoalarim esa ikkisi ham Janubiy Amerikadan: Argentina va Braziliya. Nima uchun Braziliya? Hozirgi avlodda Neymarni eng oxirgi haqiqiy braziliyalik deb bilaman.

Masalan, 2000 yildan 2005 yillargacha, hatto, braziliyalik himoyachilar ham o'yinchilarni aldab yurardi. Hozirgi Braziliyada esa avlod almashdi. Neymar – eng oxirgi fint ishlatishga qodir bo'lgan braziliyalik. SHu sababdan, Neymari bor Braziliyaning o'yinlarini oxirgi marta ko'rib olish imkoniga egamiz.

Tabiiyki, shu paytgacha Messi doimo Jahon chempionatiga mavsumni tugatib borardi. Unda toliqish bo'lardi. Ronaldu bilan qo'shtirnoq ichidagi raqobati, uni charchatib qo'yardi. SHu tufayli Kopa Amerikalarda Leo yaxshi harakat qilardi. CHunki, bu musobaqa yanvarda, mundial esa mavsum tugaganidan keyin boshlanadi. Bu safar esa JCH mavsumning o'rtasida boshlanadi. SHuning uchun Messining yili bo'ladi, deb o'ylayman”.

Xayrulla Xoliqov

CHempion: Franciya

Muxlislik: Franciya

Zoir Tursunboev

CHempion: Argentina, Braziliya

"Fikrimcha, Argentina yoki Braziliya terma jamoalaridan biri chempion bo'lsa kerak".

Muxlislik: AQSH, Serbiya

"Unchalik uzoqqa bora olmasa ham AQSH va Serbiya TJlariga muxlislik qilaman, kuchli jamoalarga muxlislik qilishni yoqtirmayman".

Evdokim Raimov

CHempion: Germaniya

Muxlislik: Urugvay

Narzulla Saydullaev

CHempion: Braziliya

Muxlislik: Braziliya

Aziz To'xtamurodov

CHempion: Argentina

"Argentina g'oliblik uchun asosiy favoritdek ko'rinmoqda".

Muxlislik: Belgiya

"Belgiyaga muxlislik qilaman. Yulduzli tarkib o'tgan yilgi bronzani oltinga aylantirsin".

Og'abek Samisov

CHempion: Angliya

"Ushbu terma jamoaning tarkibi ancha kuchli. Terma jamoa o'tgan yili Evropa chempionatida finalga qadar etib borgan edi. 2018-yilgi JCHda ularning jamoasidagi futbolchilar ancha yosh edi, tajriba kam bo'lgan. O'shanda ham Angliya JCH—2022 g'olibi bo'ladi deb o'ylaganman".

Muxlislik: Portugaliya, Germaniya

Jasur Aslanov

CHempion: Belgiya

Belgiya terma jamoasi hujum chizig'i tarkib bo'yicha JCHdagi eng zo'rlaridan biri. Belgiyaliklarning bazilari bu mavsum juda yaxshi formada, Kevin De Bruyne ushbu mundialda Leo Messi bilan turnir futbolchisi sovrini uchun kurashadi.

Muxlislik: Argentina

"Lionel Messining o'yinlarini zavq bilan bilan tomosha qilaman, chunki men ko'rgan futbol davrida u men uchun eng zo'ri edi. SHu sababli argentinaliklarning har bir bahsini intiqlik bilan kutaman".

Uchqun Azimov

CHempion: Braziliya

"CHunki bu jamoaning deyarli har bir chizig'i juda kuchli ayniqsa hujum chizig'i. Hujumda yulduzlar ko'pligi sababli hattoki Roberto Firmino royxatdan joy olmagan".

Muxlislik: Qatar, Portugaliya

"Men bu jamoalarga muhlislik qilaman chunki Qatar jamoasi menga juda yoqadi natija qila oladimi yoqmi ammo oyinidan bahra olaman. Portugaliyani esa Ronaldo sababli kuzataman".

Samandar SHokirov

CHempion: Argentina

"Bu jahon chempionati Messi uchun katta ehtimol so'ngi imkoniyat. Argentina hozirgi kunda ajoyib formada, ketma-ket mag'lubiyatsiz o'yinlar, ishonchli g'alabalar, so'nggi mag'lubiyatiga ham 3 yildan oshdi".

Muxlislik: Argentina, Daniya

Jalolxon Inog'omxo'jaev

CHempion: Argentina

"Messi Jahon chempionatidan oldin ajoyib formaga kirgan, umuman Argentina oxirgi yillarda stabil o'yin ko'rsatib, mag'lub bo'lmay kelyapti. Evropa termalari orasida yaqqol ajralib turgan biror jamoaning yo'qligi ham Argentinani favorit deyishimga sabab bo'lmoqda. To'g'risini aytsam, ko'ngil “happy end”, yani baxtli yakun (futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri chempion bo'lishi) xohlayapti va sog'lom aql bilan qaralsa ham bu haqiqatga yaqin".

Muxlislik: Osiyo termalari

Mundialda Osiyo jamoalariga muxlislik qilaman. Evropa va Osiyo termalari o'rtasiga farq hozirda ancha qisqargan. Qitadoshlarimiz hozirgi kunda hamma futbol o'ynashni o'rganib olganini butun dunyoga, shu jumladan grand terma jamoalarga isbotlab qo'yishlariga ishonaman.

Jaloliddin Xalilov

CHempion: Portugaliya

"Portugallarda "oltin avlod" etishib chiqdi. Boshqa favoritlardan farqli Portugaliya barcha chiziqlarda bir xil darajali tarkibga ega. Rafael Lyaodan ko'p narsa kutyapman. Vitinya yakunda turnirning eng zo'r yarim himoyachilaridan biri bo'lsa kerak. Ronaldu esa shov-shuvli intervyusida chempion bo'lsam faoliyatimni yakunlayman debti"

Muxlislik: Braziliya

"SHunchaki futboldan rohat olishni istasang ularning o'yinini tomosha qilishing kerak".

Abdulaziz Iskandarov

CHempion: Germaniya, Braziliya, Niderlandiya

"Fikrimcha Germaniya, Braziliya va Niderlandiyada imkoniyat yuqori. Aynan bittasini tanlash qiyin".

Muxlislik: Germaniya, Braziliya, Niderlandiya

"Salohiyat va tarkib jihatdan musobaqaning eng kuchli terma jamoalari hisoblanadi. 2014 yilgi mundialda nemis mashinasiga etadigani topilmagandi. To'g'ri keyingi mundialda sensacion tarzda guruhda qolib ketdi. Ammo keyinchalik o'zini o'nglab oldi. Xuddi shunday Braziliya va Niderlandiya ham. "Temir lola" Van Gal murabbiylik faoliyatini chiroyli tugatishi kerak".

Omonjon To'xtamirzaev

CHempion: Braziliya

"Braziliyaga - chunki ular mening nazarimda chempion bo'lishga asosiy davogar. Tarkibda ajoyib futbolchilari bor".

Muxlislik: Ispaniya, Braziliya

"Ispaniya. O'zi avvaldan ispanlarga muxlislik qilaman. Jamoa bu mundialda ham yaxshi o'yin ko'rsatishini kutyapman va Ispaniya chempion bo'p qolishi mumkin. Luis Enrike evropa chempionati va undan keyingi davrda aynan shu mundialga tayyorgarlik ko'rgan".

Oqil Abdubarnoev

CHempion: Angliya, Braziliya

"Bunday yirik musobaqada mamlakat shani uchun ham jiddiy kurash kechadi, shu bois istalgan jamoa yuqori maqsadlar sari kurash olib boradi hamda favorit deya atalagan jamoalar ham qoqilishi mumkin. Fikrimcha, Angliya yoki Braziliya terma jamoalaridan biri chempionlikka yaqinroq bo'lish ehtimoli yuqoriroq, nazarimda. Sababi inglizlar raqobatbardosh tarkibga ega hamda Evropa chempionatida ham finish chizig'i qarshisiga qadar yaqinlasha oldi. Braziliya haqida ham shuni takidlash mumkin".

Muxlislik: 

"Turnirlarda odatda, biror jamoaga, ayniqsa, favoritlarga ishqibozlik qilmaslikka harakat qilaman. Natijasi qanday bo'lishidan qati nazar ochiq va chiroyli, taktik ishlanmalar asosida o'yin namoyish etadigan jamoalar zavq bag'ishlaydi. Mundialda ham guruh bosqichida hech kim kutmagan o'yinni namoyish eta olgan jamoani qo'llab-quvvatlayman".

Faxriddin Ro'ziev

CHempion: Portugaliya

"Rafa Leao hammani hayron qoldirsa kerak".

Muxlislik: – 

"Italiya uyda bo'lgani uchun chiroyli futbolga".

Tolibjon Qosimov

CHempion: Braziliya

Muxlislik: Angliya

Alisher Ostonov

CHempion: Ispaniya

Muxlislik: Ispaniya

Alisher Xolmatov

CHempion: Franciya, Germaniya, Braziliya, Argentina, Niderlandiya

Muxlislik: Argentina

“Oxirgi paytlarda faqat terma jamoamiz yoki JCH hamda Evroda qatnashadigan Sobiq Ittifoq mamlakatlari termalariga muxlislik qilmoqdaman.

Bu yil esa yaqqol favorit yo'q. Aniqrog'i, bor va bu bitta jamoa emas: Franciya, Germaniya, Braziliya, Argentina va Niderlandiya

SHaxsan o'zim Messiga muxlislik qilaman. Bu faoliyatidagi oxirgi mundial hisoblanadi. Umid qilamanki, Argentina TJ g'olib bo'ladi va Messi o'z orzusidagi kubokni qo'lga kiritadi”.


Nig'monxo'ja Nozimov

CHempion: Portugaliya

"Ayni vaqtdagi Portugaliya tarixidagi eng kuchlisi bo'lsa kerak. Barcha chiqizlarda ancha yaxshi saviyadagi futbolchilar eg'ilgan. Balki Ronaldu ham mavsumdagi omadsizliklarni shu jahon chempionati orqali yo'q qilib yuborishi mumkin".

Muxlislik: Angliya

"Ingilizlarga ancha yillardan beri muxlislik qilaman. Har doim yaxshi tarkibga ega boladigan Angliya terma jamoasiga doim nimadir etishmaydi. Angliya chempion bo'lishi qiyin, lekin bu futbol, hamma narsa bo'lishi mumkin".

Mirjalol Normatov

CHempion: Braziliya, Argentina

"Turnirda Braziliya yoki Argentina favorit deb hisoblayman. Ohirgi paytlarda ushbu ikki termani shunchaki to'xtatib bo'lmayapti. Balki ular bir-birini finalda to'xtatar degan fikrdaman".

Muxlislik: Angliya

"Angliya termasiga muxlislik qilaman. CHunki ingliz futbolining ashaddiy muxlislaridan biriman".

Eldor Akmurzaev

CHempion: Braziliya, Germaniya

Muxlislik: Angliya, Argentina, Portugaliya

Jahongir Fazullaev

CHempion: Germaniya

Muxlislik: Germaniya

"Bu jahon chempionati men uchun hisob bo'yicha to'rtinchisi. Futbolni 10 yoshimdan ko'rishni boshlagan bo'lsam, 2010, 2014, 2018 yillar va mana endi Xudo xohlasa 2022 yil. Germaniyaga muxlislik qilaman. Bu termaga ishqibozlik qilishimga sababchilar Manuel Noyer, Mario Gyotce hisoblanadi. Germaniyaga qandaydir simpatiya deydimi, qiziqish bor. Faqatgina terma jamoasiga. Germaniya chempion bo'ladi deb o'ylayman".

NATIJALAR

Sayt xodimlari talqiniga ko'ra chempionlikka davogarlar ro'yxati:

1. Braziliya – 12 ta ovoz;

2. Argentina – 11 ta;

3. Germaniya – 7 ta;

4-5. Franciya – 3 ta;

4-5. Portugaliya – 3 ta;

6-8. Ispaniya – 2 ta;

6-8. Angliya – 2 ta;

6-8. Niderlandiya – 2 ta;

9. Belgiya – 1 ta.

Sayt xodimlari muxlislik qiladigan jamoalar ro'yxati:

1. Argentina – 7 ta ovoz;

2. Braziliya – 6 ta;

3. Germaniya – 5 ta;

4-5. Portugaliya – 4 ta;

4-5. Angliya – 4 ta;

6-7. Ispaniya – 2 ta;

6-7. Qatar – 2 ta (+Osiyo jamoalari);

8-20. AQSH – 1 ta;

8-20. Avstraliya – 1 ta (+Osiyo jamoalari);

8-20. Belgiya – 1 ta;

8-20. Daniya – 1 ta;

8-20. Ekvador – 1 ta;

8-20. Eron – 1 ta (+Osiyo jamoalari);

8-20. Franciya – 1 ta;

8-20. S.Arabistoni – 1 ta (+Osiyo jamoalari);

8-20. Serbiya – 1 ta;

8-20. Niderlandiya – 1 ta;

8-20. J.Koreya – 1 ta (+Osiyo jamoalari);

8-20. Yaponiya – 1 ta (+Osiyo jamoalari);

8-20. Urugvay – 1 ta;

Saytimiz kuzatuvchilari, siz ham mazkur so'rovnoma bo'yicha ushbu xabar ostida izoh qoldirishingiz mumkin:

1. JCH-2022'da qaysi terma jamoa g'olib bo'ladi deb o'ylaysiz?

2. Qatardagi mundialda qaysi terma jamoaga muxlislik qilasiz?

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика