So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   50 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   2 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  4 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

JCH-2022. Risharlisonning dubli Braziliyaga Serbiya ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

JCH-2022. Risharlisonning dubli Braziliyaga Serbiya ustidan g'alaba keltirdi

Braziliya Jahon chempionatining ilk bahsida Serbiyani mag'lubiyatga uchratdi.

Braziliya – Serbiya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 62 Risharlison, 2:0 – 73 Risharlison.

Braziliya – Alisson, Danilo, Tiago Silva, Markinos, Aleks Sandro, Kazemiro, Lukas Paketa (Fred, 75), Neymar (Antoni, 80), Risharlison (Gabriel Jezus, 79), Rafinya (Martinelli, 87), Vinisius Junior (Rodrigo, 76).

Serbiya – Milinkovich-Savich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Mladenovich (Vlaxovich, 66), Gudel (Ilich, 57), Milinkovich-Savich, Lukich (Lazovich, 66), Jivkovich (Radonich, 57), Tadich, Mitrovich (Maksimovich, 83).

Ogohlantirishlar: Pavlovich (7), Gudel (49), Lukich (64).

Brazil

Richarlison - 62', Richarlison - 73'

World Cup Grp. G . 1-tur

25/11/2022, 00:00

0
:
2
Tugadi

Serbia

Stadion: Lusail Stadium, 88103 tomoshabin

Bosh hakam: Alireza Faghani

45'
90'
62'  Richarlison
73'  Richarlison
73'  Vinicius Junior
75'  Lucas Paqueta (Fred)
75'  Vinicius Junior (Rodrygo)
79'  Richarlison (Gabriel Jesus)
79'  Neymar (Antony)
87'  Raphinha (Gabriel Martinelli)
7'  Strahinja Pavlovic
49'  Nemanja Gudelj
57'  Nemanja Gudelj (Ivan Ilic)
57'  Andrija Zivkovic (Nemanja Radonjic)
64'  Sasa Lukic
66'  Sasa Lukic (Darko Lazovic)
66'  Filip Mladenovic (Dusan Vlahovic)
83'  Aleksandar Mitrovic (Nemanja Maksimovic)

90+7. Uchrashuv yakunlandi! Braziliya ishonchli g'alaba qozondi!

90. O'yinga 7 daqiqa qo'shib berildi.

88. Antoni bergan zarba stadionning eng baland sektorlaridagi muxlislarga bordi.

79. O'ZGARISH: Biroz noqulaylik sezgan Neymar o'rniga Antoni maydonga tushirildi.

81. ZARBAAAAA! Kazemiro super zarbasidan so'ng ustun va to'sin kesishgan nuqtani mo'ljalga oldi.

79. O'ZGARISH: Gabriel Jezus maydonga tushdi. Risharlison esa maydondan olindi.

75. O'ZGARISH: Fred maydonga tushdi. Paketa esa zaxiraga olindi.

75. O'ZGARISH: Rodriga o'yinga qo'shildi. Vini Junior esa maydonni tark etdi.

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AAAAAAAAAAAAAAAA! RISHARLISON!!!! Birinchi turning eng chiroyli golini urmoqda!

70. Burchak to'pidan so'ng Serbiyada yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi, ammo Braziliya xavfni bartaraf etdi. 

69. Serbiya ham kam sonli hudumlarini qilmoqda.

66. O'ZGARISHLAR: Lukich va Mladenovich maydonni tark etishdi. Lazovich va Vlaxovich o'yinga qo'shildi.

64. OGOHLANTIRISH: Lukich sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Braziliya! Neymarning ajoyib harakatlari, Vinisiusning zarbasi va qaytgan to'pni Risharlison darvozaga joylab qo'ydi!

60. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Aleks Sandro uzoq masofadan juda kuchli zarba yo'llandi, to'p darvoza ustuniga tegdi.

57. O'ZGARISHLAR: Ilich va Radonich maydonga tushishdi. Gudel va Zivkovich maydonni tark etdi.

54. Zarbaaaaaaaaaaa! Neymarning jarima maydoni ichidan bergan zarbasi noaniq ketdi.

50. Zarbaaaaa! Neymar tepgan to'p jonli devorga tegib maydonni tark etdi. 

49. OGOHLANTIRISH: Gudel Neymarni jarima maydoni chegarasida qo'pollik bilan yiqitdi. Haqli sariq kartochka, Braziliyada qulay jarima zarbasi.

46. Zarbaaaa! Risharlison juda qulay imkoniyatdan gol urolmadi. Serbiyalik futbolchilar Braziliyaga ajoyib imkoniyatni sovg'a qilishgandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+1. Tanaffus! Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

45. Ikkinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi.

41. Vinisius Junior himoyachining xatosidan keyin ajoyib vaziyatga ega bo'ldi, ammo noaniq zarba berdi.

33. Rafinya!!! Futbolchi qulay imkoniyatdan to'g'ri darvozabon tomon zarba yo'lladi.

28. Braziliyadan xavfli vaziyat! Ammo darvozabon olding chiqib vaziyatni yumshatdi.

19. Neymarga qarshi serbiyaliklar juda qo'pol o'ynashmoqda. Tabiiy hol, albatta.

13. Neymar burchak to'pini to'g'ri darvozaga yo'lladi. Darvozabon esa o'z o'rnida.

9. Braziliya shiddatni oshirmoqda. 

6. Ogohlantirish: Pavlovich ilk daqiqalardayoq ogohlantirildi. O'yin shiddatli o'tyapti.

2. Bugun o'yin yonadiganga o'xshaydi. Ikki jamoa ham juda yuqori tempda o'yinga kirishishdi.

1. O'yin boshlandi!

Saytimiz jurnalisti Tolibjon Qosimovdan "Lusail" stadionining go'zal kadri!

Assalom aleykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun siz bilan Braziliya terma jamoasining Jahon chempionatida qay tarzda start olishini kuzatamiz. Ularning raqibi esa Serbiya terma jamoasi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика