JCH-2022. Argentina birinchi turdayoq "shapaloq edi"
22 noy 2022 17:11
Yangiliklar
JCH-2022. Argentina birinchi turdayoq "shapaloq edi"
Sensacion ravishda Saudiya Arabistoni turnir favoriti deyilgan Argentinani mag'lub etdi.
Argentina – Saudiya Arabistoni 1:2 (1:0, 0:2)
22 noyabr, "Lusail Iconic Stadium"
Gollar: 1:0 – 10, Messi penalti, 1:1 – 48 Al SHexri, 1:2 – 53 Al Dovsari.
Argentina – Martines, Molina, Otamendi, Romero (Martines, 59), Talyafiko (Akunya, 71), Di Mariya, Gomes (Alvares, 59), Paredes (Fernandes, 59), De Paul, Messi, Martines.
Saudiya Arabistoni – Al Ovays, Abdulhamid, Al Bulayxi, Tombakti, Al SHaxroni (Al Breyk, 90), Al Dosari, Al Faraj (Al Abed, 45; Al Amri, 88), Kanno, Al Malki, Al Breykan (Assiri, 89), Al SHexri (Al Ganam, 78).
Ogohlantirishlar: Al Malki (67), Al Bulayxi (75), Al Dosari (79), Abdulhamid (82), Al Abed (88), Al Ovays (90).
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.
Tugadi, Saudiya Messi boshliq Argentina termasini taslim etdi. Hozircha Saudiya Arabistoni guruhda etakchi, Argentina esa 4-o'rinda.
90+12-daqiqa. Anxel Di Mariya hozir to'pni kimga oshirganini o'zi ham tushunmadi chog'i.
90+11-daqiqa. Saudiya Arabistoni hujumga ham borib kelishga ulguryapti.
90+10-daqiqa. Xulian Alvaresning bosh bilan bergan zarbasidan keyin kiper baland sakrab, tashlanib to'pni ushlab oldi.
90+7-daqiqa. Al Ovays ham qattiq afsusda, u ham sherigining axvolidan tashvishda...
90+5-daqiqa. Darvozabon Al SHaxroniga tizzasi bilan zarba berib yubordi, himoyachining holati og'ir bo'lishi mumkin.
90+3-daqiqa. Saudiya burchak zarbasi tepadigan bo'ldi.
90+2-daqiqa. Ogohlantirish! Muhammad al Ovays ortiqcha gaplari uchun sariq kartochka ishlab oldi.
90+1-daqiqa. Argentinada na bitta offsayd.
90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 8 daqiqa qo'shib berildi.
88-daqiqa. Ogohlantirish! Navaf Al Obidga sariq.
86-daqiqa. "Arabcha futbolni" Messiga jonli ijroda qo'yib berishmoqda :)
84-daqiqa. Messi bosh bilan zarba yo'llab, to'p darvozabonning qo'liga borib tushganini ko'rib, chuqur xo'rsinib qo'ydi. Argentina bugun Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda qanchalik qiynalganini birgina shu epizoddan tushunib olish mumkin.
83-daqiqa. Saul Alvares o'yindan tashqari holatda.
82-daqiqa. Ogohlantirish! Saud Abdulhamid qo'pol harakati uchun kartochka oldi.
80-daqiqa. Uzoq pauzadan keyin Leoning o'zi zarbani amalga oshirdi, ammo to'p tribunaga yo'l oldi.
78-daqiqa. Messiga nisbatan fol uchun jarima zarbasi.
O'zgarish! Birinchi gol muallifi Salim al Dovsari o'rnini
75-daqiqa. Ogohlantirish! Ali al Bulaixiga sariq kartochka ko'rsatildi.
73-daqiqa. O'ziga ishonchi ortgan Saudiya termasi azolari pressingda ham ancha faollashishdi.
71-daqiqa. O'zgarish! Nikolyas Talyafiko o'ringa Markos Akunya maydonga tushirildi.
64-daqiqa. Yana bitta penalti-mi? Yo'q, bu safar boyagidanda jiddiyroq vaziyatda hech nima yo'q, o'yinni davom ettirish zarur deb hisoblashdi.
61-daqiqa. Yo'qotadigan narsasi yo'q bo'lgan Argentina baxtini faqat hujumdan izlashi turgan gap. Biroq hozircha o'xshamayapti.
59-daqiqa. O'zgarishlar! Leandro Paredes, Papu Gomes va Kristian Romero o'rniga Enco Fernandes, Lisandro Martines, Xulian Alvares o'yinga qo'shildi.
56-daqiqa. Hasan al Tambaktiga nisbatan fol qayd etildi.
53-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOL! Saudiya Arabistoni ikkinchi golni urdi. Salim al Dovsaridan nafaqat muhim gol, balki shedevral zabra.
48-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOL! Solix al SHexri hisobni tenglashtirdi. Raqibdan farqli o'laroq saudiyaliklar o'z imkoniyatlaridan maksimal ravishda foydalanishmoqda.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45+7-daqiqada hakam oxiri bo'limni yakunlashga qaror qildi. Bu JCHda qo'shimcha daqiqalar ko'p bo'lishiga o'rganib ulgurgan bo'lsangiz ajab emas. Tanaffus, hozircha Argentina 1:0 hisobida oldinda bormoqda.
45+3-daqiqa. O'zgarish! Salmon al Faraj o'yinni davom ettira olmadi. Saudiyadiyaliklar sardori jarohati sabab uchrashuvni davom ettira olmasligi malum bo'ldi va ko'zda yosh bilan maydonni tark etdi. Uning o'rniga Navaf al Obid o'yinga qo'shildi.
45+2-daqiqa. Paredesning uzatmasidan keyin Di Mariyaga to'pga etib bordi, ammo ko'ngildagidek zarba ham bera olmadi, uzatmani ham amalga oshirolmadi.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
43-daqiqa. Jarimadan uzatilgan to'p himoyachilar tomonidan qaytarildi, Rodrigo de Paulning zarbasi esa umuman qovushmadi.
40-daqiqa. Saudiyaliklar himoyachisining faolligidan keyin to'p maydondan chiqib ketdi — burchak zarbasi.
35-daqiqa. GOOOOL! Lautaro dubl qayd etardi, agar o'yindan tashqari holat bo'lmaganida... Hozircha Argentina offsaydga qarshi harakat qilayotgandek.
Uzatmadan keyin ish xavfli vaziyatgacha etib bormadi va takroriy urinishda Otamendi raqibni qo'pollik bilan bo'lsada, to'xtatib qoldi.
30-daqiqa. Saudiya burchak zarbasini amalga oshirmoqda.
Biroq yana o'yindan tashqari holat va bu safar ham kiritilgan to'p inobatga olinmadi.
28-daqiqa. GOOOOL! Lautaro Martines to'pni Al Ovaysning ustidan tashlab qo'ydi. CHiroyli gol.
25-daqiqa. Osiyoliklar ijrosidagi mayda follar soni ortib bormoqda.
22-daqiqa. GOOOOL! Messi yana gol urdi. Biroq offsayd.
20-daqiqa. 34 yoshli Papu Gomes zarba berishga qaror qildi, lekin uning urinishiga aniqlik etishmadi.
18-daqiqa. Uzatma paysalga solingani sabab Lautaro o'yindan tashqari holatga chiqib ketib qoldi.
17-daqiqa. Saudiya Arabistoni o'ng qanotdan hujumga o'tdi va raqib jarima maydonchasigacha etib bora oldi. Biroq oxirgi uzatma mo'ljalga etib bormadi va Martines to'pni osonlik bilan egallab oldi.
13-daqiqa. Goldan keyin ham umumiy kartina o'zgarmadi. Argentina hech nima bo'lmagandek, barchasini boshidan boshladi. Saudiya hozircha bunga qarshilik qila olmayapti.
10-daqiqa. GOOOOOL! Nuqtaga Messi keldi. Zarba va gol! Messi penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi!
Ana xolos, bunaqa startni argentinaliklar ham kutmagan bo'lsa kerak.
PENALTI! Xo'o'o'sh, hakam "VAR" monitori tomon yugurib ketdi. Takroriy lavhani ko'rgach, penalti belgilashga qaror qildi.
7-daqiqa. Rodrigo de Paul qanotda qo'pollik bilan yiqitildi, fol, standart vaziyat.
Uzamatadan keyin to'p jarima maydonchasidan uzoqlashtirildi.
6-daqiqa. Papu Gomes nominal mezbonlar uchun birinchi burchak zarbasi ishlab berdi. Uni Messi amalga oshiradi.
4-daqiqa. Saudiya himoyachisi to'pga qo'shib Lautaro Martinesning oyog'ini ham tepdi. Fol qayd etmagan bo'lsa ham, to'p maydonni tark etgach, hakam o'yinni to'xtatib hujumchi holidan xabar oldi.
2-daqiqa. Leoooo! Messi darhol ishga kirishdi va hisobni ochishga yaqin keldi. Faqat buni Al Ovays istmadi va to'pni qaytara oldi.
Argentina futbolchilari to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.
1-daqiqa. O'yin boshlandi!
Stadionda ajoyib manzara, o'ziga xos tomosha qo'yib berishmoqda. Futbolchilar maydonga tushib kelishdi.
Jamoalarning asosiy tarkibi elon qilingan. Lionel Messini asosiy tarkibda tushishini rasman tasdiqladi.
JCH-2022
"C" guruhi. 1-tur
Argentina – Saudiya Arabistoni
Bosh hakam: Slavko Vinchich (Maribor, Sloveniya)
Assistentlar: Tomaj Klanchnik (Sloven-Gradec, Sloveniya), Andraj Kovachich (Lyublyana, Sloveniya)
Zaxira hakami: Magett N'Diaye (Senegal)
15:00, "Lusayl" stadioni
Argentina – Martines, Molina, Romero, Otamendi, Talyafiko, Paredes, De Paul, Gomes, Di Mariya, Messi, Martines
Saudiya Arabistoni – Al Ovays, Abdulhamid, Al Tambakti, Al Bulayhi, Al SHahroni, Al Malki, Kanno, Al Faraj, Al Brikan, Al Dovsari, Al SHehri
Fikrlar